So’nggi yangiliklar

11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  1 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  1 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  18 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  4 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11

Mehribonlik uyi bolalari o'rtasida Jahon chempioni bo'lganlar imtiyozli ravishda o'qishga kiradi Yangiliklar

Mehribonlik uyi bolalari o'rtasida Jahon chempioni bo'lganlar imtiyozli ravishda o'qishga kiradi

Teglar :  Jamshid AsadovO'FA
Xabaringiz bor, shu yilning may oyida Mehribonlik uylari o'rtasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tgan edi.

Unda O'zbekiston terma jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib Jahon chempioni nomiga sazovor bo'lgandi. Kecha saytimizda "Jahon chempionlarining qadri nega bunchalik past?" nomli maqola chop etilgandi.

Bugun terma jamoa bosh murabbiyi Jamshid Asadov biz bilan bog'lanib, O'FA mutasaddilari bilan uchrashgani va muammolar hal etilgani haqida malum qildi.


"Jahon chempioni bo'lib qaytganimizdan keyin bir qator tashkilotlar bolalarni tabriklashdi. O'FA esa Jahon chempionlarini Mustaqillik bayrami arafasida tabriklashni rejalashtirib qo'ygan ekan. Bayram o'tib ketdiku deyishingiz mumkin, xabaringiz bor Indoneziyada Osiyo o'yinlari musobaqasi sentyabr oyi boshida yakuniga etdi. O'FA rahbariyati mazkur musobaqada bo'lgani tufayli tabriklash yana biroz ortga surildi. SHu bois, yaqin kunlarda Umid Ahmadjonov ushbu mundialda ishtirok etgan barcha futbolchilarni tabriklaydi.

Bundan tashqari Jahon chempioni bo'lgan barcha bolalar imtiyozli ravishda O'zbekiston davlat Jismoniy tarbiya institutiga o'qishga qabul qilinadi. Bundan tashqari Mehribonlik uyida katta bo'lib, bugungi kunda "Olmaliq" va "Lokomotiv" futzal klublarida o'ynayotgan ikki bola ham imtiyozli ravishda o'qishga kiradi. Bu futzalchilarning yoshi biroz katta bo'lgani uchungina Jahon chempionatiga bora olishmagandi.

23-sonli Mehribonlik uyi terma jamoa bazasi bo'lgani uchun, ushbu Mehribonlik uyida jahon standartlariga mos mini-futbol maydoni barpo etiladi. Har yili terma jamoaga sport kiyimlari hamda inventarlar O'FA tomonidan taqdim etib boriladi.

Yana shuni qo'shimcha qilish lozimki, O'FA mening malakamni oshirib borish uchun futzal bo'yicha yoshlar terma jamoasiga yordamchi murabbiy bo'lib amaliyot o'tashimni taminlaydigan bo'ldi", - deydi biz bilan suhbatda Mehribonlik uyi bolalaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Jamshid Asadov.


Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика