Mbappedan xayrli ish
07 mar 2023 11:48
Yangiliklar


Mbappedan xayrli ish
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe 5 yoshli qizi vafot etgan "Nant" futbolchisiga esdalik futbolkasini sovg'a qildi.
PSJ azosi Kilian Mbappe "Nant" hujumchisi Ignatius Ganagoni qo'llab-quvvatladi.
Fevral oyida kamerunlik futbolchining 5 yoshli qizi uzoq davom etgan xastalikdan so'ng vafot etgandi.
O'yindan so'ng Mbappe Ganagoga PSJda gol urish bo'yicha rekordni o'rnatgan libosini hadya qildi.
"Men Kilian bilan gaplashdim, u menga katta kuch berdi. Bunday odamlar siz haqingizda o'ylashi juda yoqimli", – dedi Ganago.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar