Mbappe: “Xuddi havaskorlardek o'ynadik”
15 apr 2019 09:42
Yangiliklar


Mbappe: “Xuddi havaskorlardek o'ynadik”
Kilian Mbappe PSJning “Lill”ga ucharlgan 1:5 hisobidagi mag'lubiyatidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“O'yin maydon markazisiz o'tdi. To'p u jarima maydonchasidan bunisiga ko'chib turdi. Avvaliga o'yin ustidan nazoratni olgandik, ammo keyinchalik uni yo'qotib qo'ydik. Yutqazish mumkin, baribir ham chempion bo'lamiz. Biroq 3, 4 yoki 5 ta to'p o'tkazish bilan emas-da! Biz kuchliroq xarakter bilan o'ynashimiz kerak. Bu bizning salbiy jihatlarimizdan biri, uni to'g'irlash kerak. Xuddi havaskorlardek o'ynadik, bunday harakat qilish mumkin emas”,—deydi Mbappe.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar