So’nggi yangiliklar

01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  0 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47

Mirjalol Qosimov: "Yaratganga shukr, bizni harakatimizga yarasha mukofotladi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Yaratganga shukr, bizni harakatimizga yarasha mukofotladi"

Superliga 8-turidan o'rin olgan OKMK - "Andijon" (4:3) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. "Andijon" muxlislariga ham rahmat. Ajoyib muhit ostida o'tgan asabiy o'yin bo'ldi. Shogirdlarimga ham rahmat aytaman. Bugun mag'lub bo'lgan taqdirda ham futbolchilarni urushish niyatim yo'q edi. Futbolda bunday uchrashuvlar bo'lib turadi. Birinchi bo'limda yomon o'ynamadik. To'p nazorati ham bizda edi va G'iyosov gol urdi. Futbolda mana shunday qiziqarli voqeiyliklar uchrab turadi. Butun jamoa Dilshod Yoqubovni qo'llab-quvvatlashdi va yanada ko'proq harakat qilishdi. Birinchi golda biroz hayajon kuzatilgandek. Ikkinchi golni esa barcha ko'rdi. Uchinchi gol ham tushunarli. Yaqin burchak gol o'tkazib yuborilsa, bu darvozabonning xatosi deya futbol o'rgatishgan men yosh vaqtlarimda. Shunga qaramay, jamoa o'zida kuch topa oldi. Yigitlar borini berib o'ynashdi. "Andijon"ga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman", - dedi Mirjalol Qosimov bugungi bahs yakunlangach.


- Uchrashuvdagi asosiy hodisalari ikkinchi bo'limda ro'y berdi. OKMK 1:3 hisobida mag'lub bo'layotgan chog'i, jamoangiz kambek amalga oshira olishini qanchalik kutgan edingiz?

- Futbolda har narsa bo'lishi mumkin. Shu sababli futbol butun dunyodagi eng mashhur sport turi. Menga shijoat va oxirigacha kurashish muhim, ammo qalbimning tubida gol urish va durang qayd etishga intilish niyati bor edi. Yaratganga shukr, bizni harakatimizga yarasha mukofotladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика