Mbappe Franciya terma jamoasining faqat muhim o'yinlarida harakat qilmoqchi. "Real" forvardi 2025 yilgi "Oltin to'p"ni ko'zlagan
12 okt 2024 21:29
Yangiliklar


Mbappe Franciya terma jamoasining faqat muhim o'yinlarida harakat qilmoqchi. "Real" forvardi 2025 yilgi "Oltin to'p"ni ko'zlagan
Kilian Mbappe Franciya terma jamoasining faqatgina muhim o'yinlarida o'ynashni xohlamoqda.
25 yoshli forvard 2025 yilda France Football jurnali talqiniga ko'ra dunyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan "Oltin to'p"ni olmoqchi.
Franciya terma jamoasi sardori bo'lmish Mbappe tiklanishga etarli vaqt bo'lishi va jarohatlardan qochish uchun milliy jamoaning faqatgina muhim o'yinlarida ishtirok etmoqchi.
Oldinroq, "Real" hujumchisi UEFA Millat ligasi doirasida Franciyaning Isroil (4:1) bilan o'yini vaqtida Stokgolmdagi restoran va tungi klubga borgandi. Unga jarohatdan tiklanishga vaqt berish uchun milliy jamoaga chaqirilmagandi.
O’xshash yangiliklar
07:51
Osiyo kubogi U-20. Bugun yoshlarimiz Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishi mumkin
26

Fikrlar