“Maync” Bundesliga rekordini o'rnatdi
06 okt 2019 08:05
Yangiliklar


“Maync” Bundesliga rekordini o'rnatdi
“Maync” himoyachisi Daniel Brosinski Bundesliganing 7-turida “Paderborn”ga (2:1) qarshi bahsda penaltini aniq amalga oshirdi.
Bu bilan “Maync” jamoasi azolari raqiblari darvozasiga belgilangan 25-penaltini aniq amalga oshirishdi.
Natijada “Maync” ushbu ko'rsatkich borasida Germaniya rekordini o'rnatdi. Bungacha “Boxum” klubi azolari qatorasiga 24 ta penaltini aniq amalga oshirishgan edi.
Ayni paytda “Maync” 6 ochko to'plagan holda Bundesliga turnir jadvalining 13-pog'onasida bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar