MYU Germaniya terma jamoasi hujumchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
20 mar 11:38
Yangiliklar


MYU Germaniya terma jamoasi hujumchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Manchester Yunayted" yozda hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Turli xil variantlar ko'rib chiqilmoqda.
Jurnalist Grema Beylining ijtimoiy tarmoqlarda malum qilishicha, "Maync" forvardi Jonatan Burkardt APLga yo'l olishi mumkin. Futbolchi "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.
Burkardt Germaniya terma jamoasidagi debyutini 2024 yil oktyabr oyida o'tkazdi. Hujumchi Bundesliganing joriy mavsumida 22ta o'yinda 15ta gol urgan va 3ta golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar