Maykl Ouenning o'g'li deyarli ko'r bo'lib qoldi
25 jan 2024 12:51
Yangiliklar
Maykl Ouenning o'g'li deyarli ko'r bo'lib qoldi
Angliyalik sobiq hujumchi Maykl Ouenning farzandi Jeymsga 8 yoshligida SHtargardt kasalligini tashxisi qo'yilgan - bu ko'z qorachig'ining patologiyasi.
17 yoshli Jeyms hozirga kelib deyarli hech nimani ko'rmayapti. Bu kasallikni davolaydigan dori hali o'ylab topilmagan. Mazkur kasallik nasldan-naslga o'tadi.
Maykl tashxisni eshitganida o'zini aybdor his qilgan:
Agar o'z ko'zlarimni unga berishning imkoni bo'lganida shunday qilardim. Jeyms yana ko'ra boshlashi uchun butun boyligimni berardim.
Jeyms o'z holatini shunday izohladi:
Uydan chiqayotganda otamning ust kiyimi rangini eslab qolaman, chunki insonlarning yuzi va boshqa detallarini ko'rmayman.

Malumot uchun, Maykl Ouenning ikki qizi va bir o'g'li bor. Qizlari Jemma Rouz 20 yoshda va Emili Mey esa 16 yoshda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar