Maykl Ouen: "Liverpul" MYUni 2:1 hisobida yutadi"
23 okt 2021 17:46
Yangiliklar
Maykl Ouen: "Liverpul" MYUni 2:1 hisobida yutadi"
"Liverpul" 2:1 hisobida g'alaba qozonadi.
O'yinni kutishga sabrim etmayapti. MYU bir hafta oldin "Lester" bilan bahsda hayron qoldirdi. Ular vaziyatlar yaratishdi, lekin himoyadagi o'yinlari...
"Lester" uchun vaziyat yaratish va raqib pressingidan chiqib ketish juda oson bo'ldi. MYU juda ochilib ketdi, Sulsher jamoaga balans berishi kerak.
Gap "Liverpul" haqida ketganda uni Muhammad Salahdan boshlash kerak bo'ladi. U ayni paytda dunyoning eng kuchli futbolchisi. U o'tgan hafta ajabtovur gol urdi.
Joriy mavsum Salahga qarshi turib berish deyarli imkonsiz. SHunday ekan, Salahni o'yindan tashqarida qoldirish MYU uchun katta chaqiruv.
So'zsiz, "Yunayted" bir hafta oldingidan yaxshiroq o'ynaydi. Lekin, "Liverpul" g'alaba qozona olishiga ishonchim komil. Men 2:1 hisobini taxmin qilaman. Salah gol urarmikin?" - deb aytib o'tdi Ouen.

"Manchester Yunayted" va "Liverpul" o'rtasidagi bahs ertaga, 24 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:30da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar