Maydonda urganchlik “yosh charm” to'p ustalari

Narzulla Saydullayev
15 fev 2017, 13:18
Urganchda bolalar sport bayrami bo'lib o'tdi.

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida faoliyat yuritayotgan SO'EAIBO'SM(Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar  sport maktabi)ning 2004-2005 yillarda tug'ilgan tarbiyalanuvchilaridan iborat futbol jamoalari o'rtasida “Biz sportni sevamiz” shiori ostida birinchilik bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada SO'EAIBO'SMning 10 ta jamoasi ishtirok etdi. Shundan, omadli to'rt jamoa yarim finalda o'zaro kuch sinashdi. Jumladan, yarim finalda  “Binokor”(murabbiyi Shohrux Yoqubov) jamoasi “G'oybu”(murabbiyi Odamboy Qurbonniyozov) jamoasini 6:2, “Olimpiya”(murabbiyi Sanjar Otaev) jamoasi Urganch tumani(murabbiyi Shixnazar Ollaberganov) jamoasini 3:1 hisobida mag'lubyatga uchratdi.

Finalda “Binokor” va “Olimpiya” jamoalari ro'para keldi. Bu o'yinda “Binokor” jamoasi “yosh charm” to'p ustalari 2:1 hisobida g'alaba qozonib, “Biz sportni sevamiz” shiori ostida o'tkazilgan SO'EAIBO'SM birinchiligi g'olibiga aylanishdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia