So’nggi yangiliklar

20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  2 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  6 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  2 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  93 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  15 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  2 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  53

Mayda jurnalistning mayda xayoli Yangiliklar

Mayda jurnalistning mayda xayoli

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
Menga arabcha futbol yoqadi. Bizdagi sharhlovchilar arablarning postagini qoqadigan kunlardan boshlab yoqadi.

Qarashlarim shunday, xatoni o'zimdan qidirishni istayman, o'zgarlarning esa yutuqlarini o'zlashtirishni xohlayman. CHunki aniq bilaman, har safar arablarni so'z bilan “savalash” ko'nglimgagina taskin bo'ladi, xuddi yig'layotgan yosh bolachaga xo'rozqand berganimiz kabi.

O'zimiznikilar yaxshi o'ynasa, kerakli zarbani vaqtida bersa, o'sha arablar o'yinni hech qachon cho'zmagan. Biroq o'zimiz ularga bizni mazah qilish imkoniyatini taqdim etib qo'yardik. Lekin nega xatoni o'zimizdan izlamasdik? Vaqt tez o'tdi. O'zim futbol ichiga kirib keldim va ko'ryapmanki, Saudiya, BAA, Qatar kabi zamonaviylikka intilayotgan mamlakatlar o'sha illatlaridan tiyilib bo'ldi. Va tabiiyki, ko'p jabhalarda bizdan o'zib ketdi.

Men Ahmad Halil, Umar Abdulrahmon, Ali Mabhut kabilar bilan tengdoshman. O'zim 89 bo'lib o'ynagan o'zbekistonliklarni yaxshi tanigan bo'lsam-da, negadir Amirlik “oltin avlodi”ga muxlis bo'lib kelganman. Menga Ismoil Matar yoqadi, Umar Xarbinga qoyil qolaman, Sami Al-Jabirga havas qilardim, Yosir Al-Qahtoniyning gollaridan rohat olardim. Ularni istalgancha sanay olamiz barchamiz. CHunki bizda ulardek hujumchilar, ijrochilar deyarli chiqmay qo'ydi.

Va men ko'rayotgan futbolda o'zimiz vaqt cho'zishni o'rgandik. Rasvo futbol bilan Jahon CHempionatini orzu qilishdan uyalmadik. Saudiya esa o'z kuchi bilan chiqa oladi mundialga, Qatar istasa dunyoning sara termalarini Dohaga olib keladi, Amirlikning men aytgan yigitlari London Olimpiadasida o'ynab qaytadi. Biz ularni faqat biryoqlama ko'rdik, yutuqlarini ko'rishni istamadik. O'sha vaqtlarda biz ulardan oldinda edik. Arablar esa bizning SHackix-u Qosimovlardan bir narsa o'rgangandek ko'rinadi.

Ha, ular futbolni ermak uchun o'ynaydi. Lekin chiroyli o'ynaydi. Qisqa paslar, texnika, tezlik borasida etishimiz qiyin ularga. Biz jismonan kuchlimiz, aqlan teranroqmiz, ammo bundan foydalana olayotganimiz yo'q. Ular futbolni ermak uchun o'ynaganida shunday, yo'qsa bilmadim hozir qaerda turgan bo'lardi. SHuning uchun ham Umar Abdulrahmonlar “Siti”-yu “Barselona” deb o'lib qolmaydi, “An-Nasr”ida million topib, kayfini surib yashayveradi.

Nima demoqchi ekanimni siz tushundingiz, biz raqibning kuchsizliga haqida, ular bizning kuchimiz haqida ko'proq gapirdi. Balki sizga Iroq yoki Suriya futbolchilarida o'sha illatlar qolgandek tuyular? Men esa ulardagi iroda, jasorat, g'urur haqida gapirishni ko'proq istardim. Qarang, Iroqdagi urush 2003 yilda boshlanganmidi? Mamlakat etakchisi Saddam Husayn 2006 yil qatl qilindimi? 2007 yil esa iroqlik futbolchilar Osiyoni zabt etdi! Men yaxshi ko'radigan Mahmud Abbos, Nashat Akrom, Yunus Mahmudlari bilan. O'sha yili biz Rauf Inileev bilan Iroqni yutganmiz, ammo bizda chempionlik ruhi ularniki kabi emasdi. Biz 1 ta o'yinda zo'rdirmiz, ammo butun bir katta yo'lda oqsoqlanib yashayveramiz.

Bugun-chi? Suriyadagi ahvolni butun dunyo yozadi, ularda futbolchilar vatanida to'p surishni faqat va faqat orzu qiladi. Ammo o'sha Suriya bizdan oldinroqda, tushunyapsizmi? Bunda futbolchilardagi mahorat yoki to'kinlik emas, buning bari dunyoqarash, jasorat, iroda orqasidan qo'lga kiritiladigan yutuqlar. Ular men jonimni beraman, vatan uchun o'laman deb aytmaydi, ular shunchaki jonini beradi va kerak bo'lsa, o'lib beradi, tamom.

Biz-chi? Biz nima qilyapmiz? Biz Suriya bilan o'yindagi penaltini muhokama qilyapmiz, biz o'zimizni shu ahvolda mundial uchun loyiq ko'ryapmiz, biz o'zimiz bilan o'zimiz kurashib yotibmiz, bu murabbiy yaxshi, bunisi yomon, bu futbolchi bo'lmaydi, bunisi yaxshi, deb. Koreya kuchsiz edi, nega yutmading, deb jar solyapmiz. Ammo kuchsiz holida ham mundialga qanday qilib borish mumkinligi haqida mushohada qilishni istamayapmiz.

Mayda muammolarga o'ralashib qolgan jamiyatning yutuqlari ham mayda bo'ladi, o'rtoqlar. O'smir va yoshlarning o'xshamagan yutuqlari bilan maqtanib turaylikchi, qaerga borar ekanmiz...

Muallif :
Reyting: +96   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика