May. "Buxoro" klubi vakillari "Navbahor" etakchilarini eng yaxshi sifatida ko'rsatdi
09 iyu 2018 13:52
Yangiliklar


May. "Buxoro" klubi vakillari "Navbahor" etakchilarini eng yaxshi sifatida ko'rsatdi
PFL hamda Championat.asia hamkorligidagi oyning eng yaxshilarini aniqlash masalasiga ovozlar kelishi davom etmoqda.
"Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev shogirdi Salomovga ovoz berishni maqul deb topdi. Salomovning o'zi esa sobiq jamoasi "Bunyodkor"ning ikki futbolchisini ketma-ketlikda ko'rsatdi.
Murabbiylar masalasida buxoroliklar Ilhom Mo'minjonovni maydagi etakchi deb topdi. Ular Andrey Fyodorovga ovoz berishmadi. Darvozabon masalasida esa Botirali Ergashevni eng yaxshisi sifatida tan olishdi.
Gollar borasida Salomovning ham, Baqoevning ham gapi bir joydan chiqdi — Arslonmurod Omonovning goli eng chiroyli. Sardor Mirzaevning o'zlariga urgan gollari esa undan keyingi o'rinda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar