So’nggi yangiliklar

21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  1 21:11Конференциялар лигаси саралаши. "Викинг" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  16 21:05Суперлига. "Насаф" – "Андижон" 1:1 (матнли трансляция)  42 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  1 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  4 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  1 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  2 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  8 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  4 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  7 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  4 17:33Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 12 та ўйиндан буён Наманганда мағлубият нималигини билмаяпти  1

Mavsumni medallarsiz yakunlash, chempionat to'purariga aylangani borasida Akbar Usmonov bilan suhbat Yangiliklar

Mavsumni medallarsiz yakunlash, chempionat to'purariga aylangani borasida Akbar Usmonov bilan suhbat

Teglar :  Akbar UsmonovFutzal
Futzal bo'yicha Oliy liganing navbatdagi mavsumi yakunlandi. Toshkentning “Lokomotiv” klubi mavsumni 4-o'rinda yakunladi.

 Akbar Usmonov esa 55ta gol bilan chempionat to'purariga aylandi. 

SHundan keyin futbolchining mavsum yakunlari bo'yicha fikrlariga quloq tutdik.

Mavsum yakuni haqida
- CHempionatni ajoyib ruhda boshladik . Mazmunli o'yinlarni o'tkazdik . Zahira o'rindig'ida muammolar bo'lsa ham qo'ldan kelgancha chempionlik uchun kurashdik. Kutilmaganda yo'qotilgan ochkolar sababli chempionlikdan mosuvo bo'ldik.

CHempionlik poygasidan chiqish ketish borasida
- Birinchi davradan so'ng ham 1-o'rinda borayotgan edik. Lekin chempionat davomida zahira o'rindig'imiz ancha kichrayib ketdi. Jarohatlar, ortiqcha sariq kartochkalar natijalarimzga tasir ko'rsatmay qolmadi. Keragidan ortiq ochkolarni yo'qotdik. Yakunda bu yo'qotilgan ochkolar qimmatga tushdi va jamoamiz medallarsiz qoldi.

Mavsum to'purari bo'lishi xususida
- Mavsum davomda gollarim soni balki ko'proq bo'lishi ham mumkin edi. Lekin har imkoniyatlarimdan foydalanaversam legioner sifatida top jamoalarda o'ynayotgan bo'lardim (kuladi). Bu mavsum “Lokomotiv” uchun urilgan barcha gollarim men uchun qadrli bo'ldi.

Moliyaviy holat haqida
- To'g'risi, 1-o'rinda ketayotganimizda moliyaviy taraflama ham muammolar bo'ldi. Aslida bu bahona bo'lishi kerak emas. Lekin har sohada moliyaviy rag'bat muhim o'rin kasb etishi bor gap!!!

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика