Maurisio Pochettino: “Lallanani sotish “Sautgempton” rejasiga kirmaydi”
27 dek 2013 11:51
Yangiliklar


Maurisio Pochettino: “Lallanani sotish “Sautgempton” rejasiga kirmaydi”
“Sautgempton” klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino, Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Adam Lallana bilan xayrlashishni istamayotganini aytdi.
Mish-mishlarga qaraganda “Manchester Yunayted” futbolchi uchun 15 million berishga tayyor ekan.
“Fikrimcha Adam va boshqa futbolchilarni o'zimizda olib qolamiz. Adamning o'zi “Sautgempton”dan ketmasligini aytdi, shu sababli klubni ham uni sotish niyati yo'q”, - deydi Pochettino.
Eslatib o'tamiz, ushbu mavsum Angliya chempionatining 18 ta o'yinida ishtirok etgan Lallana, 4 ta gol va 5 ta golli to'p uzatishni amalga oshirgan.

Fikrlar