So’nggi yangiliklar

13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   0 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  2 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1

Mauricio Sarri: "Lokomotiv" kutganimizdan yaxshiroq o'ynamoqda" Yangiliklar

Mauricio Sarri: "Lokomotiv" kutganimizdan yaxshiroq o'ynamoqda"

"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Lokomotiv"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

"Joriy mavsum yaxshi o'yin namoyish etayotgan jamoalarga qarshi o'ynash qiyin. Ular ichki chempionatlarda etakchiliq qilishmoqda va CHempionlar ligasida yaxshi o'rinni band etishgan. "Lokomotiv" kutganimizdan ancha kuchliroq. 

Bu "Bayer"ga qarshi o'yindagi kabi oddiy bahs bo'lmaydi. Bu himoyada juda yaxshi harakat qilayotgan ajoyib jamoa. Bundan tashqari, ular qarshi hujumga ham tezkorlik bilan o'tib ketishadi. 

Hozir Dibala va Iguain juda soz holatda. Bu biz uchun juda muhim. Biz 21 kun ichida ettinchi o'yinda maydonga tushamiz. Bundan ko'rinib turibdiki, har bir futbolchi o'zini ko'rsatish uchun imkoniyatlarga ega. Har qanday holatda ham xotirjamman va kim ertaga boshlang'ich tarkibda tushishini ko'ramiz. 

CHempionat avvalida hozirdagidan ancha kam vaziyatlar yaratgandik. Bu bizni bezovta qilmayapti, chunki o'yinchilarimizning saviyasi vaziyatlardan foydalanib, gol urishimizga zamin yaratadi. 

Remzi doim mushaklarida noqulaylik sezyapti. U mushaklarini mustahkamlash ustida ishlamoqda. Biz yuqori yuklamalardan vujudga keladigan muammolarni oldini olmoqchimiz. 

Remzi ertaga maydonga tushadi, deb o'ylamayman. Daniloda hammasi joyida. U to'liq tiklanib bo'ldi. Lekin, 90 daqiqa harakat qila olishiga ko'zim etmayapti. 

Ronaldu – ajoyib xarakterga ega o'yinchi. Faoliyatida 700-golini urganida, darhol unig 800-golini urishini ham o'ylay boshladim. O'ylashimcha, bu xarakter uni qolgan o'yinchilardan ajratib turadi", – deydi Sarri.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика