Matteus: "Musialaning narxi 250 million evro"
13 noy 2022 14:30
Yangiliklar


Matteus: "Musialaning narxi 250 million evro"
"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus jamoa futbolchisi Jamol Musialani baholadi.
"Bu shunchaki ajoyib! Musiala xuddi Messi kabi futbol o'ynamoqda. Bu Gollivudga o'xshaydi. U "Bavariya"da qolishi va doim shu erda o'ynashi kerak. Uning narxi 250 million evro. "Bavariya" bunday futbolchini har qanday holatda ham sotib yubormasligi kerak", - dedi germaniyalik.
19 yoshli futbolchi ushbu mavsum Bundesliganing 14 o'yinida 9 gol va 6 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar