Mats Xummels va Marko Roys faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
28 noy 2023 08:06
Yangiliklar
Mats Xummels va Marko Roys faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
"Borussiya D" futbolchilari Mats Xummels va Marko Roys yozda nemis klubini tark etishlari mumkin.
Malumotlarga qaraganda, har ikki futbolchiga Saudiya Arabistoni chempionatidan ajoyib taklif tushgan.
Har ikki futbolchining "Borussiya D" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakunlanadi.
Roys joriy mavsum 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Xummels esa 12 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikrlar