Matipga Kamerun terma jamoasiga qaytishga ruxsat berilmadi
13 iyu 2022 03:29
Yangiliklar
"Liverpul" himoyachisi Joel Matip 2022 yilgi Jahon chempionatida Kamerun terma jamoasida o'ynash istagini bildirdi. Kamerun futbol federaciyasi prezidenti Samuel Eto’O esa bunga qarshi chiqdi, deya xabar berdi jurnalist Erik Njiru.
Matip 2016 yildan beri Kamerun terma jamoasida o'ynamaydi. U o'shanda terma jamoa rahbariyatini tanqid qilgan va Afrika Kubogiga chaqiruvni rad etgan.
30 yoshli markaziy himoyachi shu kungacha terma jamoa safida 27 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.
Fikrlar