"Aral" Pro-ligada o'z maydonida so'nggi marta qachon mag'lub bo'lgandi?
24 apr 22:35
Yangiliklar


"Aral" Pro-ligada o'z maydonida so'nggi marta qachon mag'lub bo'lgandi?
Bugun "Aral" Pro-liganing 4-turida o'z maydonida "Olimpik"ka 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
Uchrashuvning 42-daqiqasida Jafar Bahodirovning kiritgan goli toshkentliklarga g'alaba keltirgan bo'lsa, mezbonlarni mag'lub qilish uchun etarli bo'ldi.
Shu orqali "Aral" jamoasining Pro-liga doirasida o'z maydonidagi 394 kunlik mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berildi. Jamoa so'nggi marta o'tgan yilning 26 mart kunida "Qo'qon-1912"ga o'z maydonida mag'lubiyatga uchragandi.
Ushbu vaqt davomida "Aral" o'z maydonida 15 ta o'yin o'tkazdi va bunda 9 g'alaba hamda 6 durang qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar