Matias Normann: "SHomurodov - Rossiya chempionatining eng yaxshi hujumchisi"
08 okt 2019 10:41
Yangiliklar


Matias Normann: "SHomurodov - Rossiya chempionatining eng yaxshi hujumchisi"
"Rostov" yarim himoyachisi Matias Normann "Izvestiya"ga bergan intervyusida jamoadoshi Eldor SHomurodovni Rossiya chempionatidagi eng yaxshi futbolchi deb atadi.
- Jamoadoshingiz Eldor SHomurodov aqlbovar qilmas natijalar qayd etmoqda. U allaqachon 10ta gol urgan holda, to'purarlar poygasida oldinda bormoqda. Uning natijalari haqida nima deya olasiz?
- Men SHomurodovni Rossiya chempionatidagi eng zo'r forvard deb bilaman. U joriy mavsumning deyarli har bir o'yinida gol urmoqda. U yaxshi natijalarga ega va Eldor jamoamiz uchun juda ham foydali o'yinchi. U ajoyib futbolchi, - deydi Normann.
Eslatib o'tamiz, Eldor SHomurodov Rossiya premer-ligasining ushbu mavsumida 12ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar