Mateus Lima Kruz "Nasaf"dagi birinchi, O'zbekiston chempionatidagi o'n ettinchi braziliyalik Yangiliklar

Mateus Lima Kruz "Nasaf"dagi birinchi, O'zbekiston chempionatidagi o'n ettinchi braziliyalik

Qarshining "Nasaf" jamoasi yaqinda braziliyalik hujumchi Mateus Lima Kuruz bilan rasman shartnoma imzoladi.


 Rasman: Mateus Lima Kruz "Nasaf" azosiga aylandi


Umuman o'zbek futbolida braziliyaliklarning to'p tepishi kecha yoki bugun ro'y berayotgan xodisa hisoblanmaydi.  Mateus Lima Kuruz "ajdarlar" tarixidagi ilk, O'zbekiston chempionatidagi 17 braziliyalik legioner sifatida tarixga kirdi. Bunga qadar klublarimizda quyidagi ushbu yurt vakillari to'p tepgan. Bu boradagi ilk yurishni 1998 yilda "Paxtakor"da to'p tepgan Fabio Anderson boshlab bergandi. Keyinchalik Everton Kevalkanti davom ettirdi. Ular orasida eng mashhuri so'zsiz jahon yulduzi Rivaldo. 

Fabio Anderson ("Paxtakor", 1998 yil) 

Everton Kavalkanti ("Lokomotiv" 2006-2008, "Dinamo" 2009, "Xorazm" 2009-2010)

Fabio Pinto ("Paxtakor" 2008-2009)

Luizao ("Bunyodkor" 2008-2009)

Rivaldo ("Bunyodkor" 2008-2010)

Leomar Rordriges ("Bunyodkor" 2009)

Joao Viktor ("Bunyodkor" 2009-2010)

Edson Ramos ("Bunyodkor" 2009-2010)

Denilson ("Bunyodkor" 2010)

Tiago Bezerra ("Paxtakor" 2017-2018)

Nivaldo ("Lokomotiv" 2018)

Lukas Oliviera ("Surxon" 2019)

Duglas Nasimento ("Surxon" 2019)

Elivelto ("So'g'diyona" 2020)

Gulierme Da Silva ("Oq-tepa" 2021)

Kosta Guttiner ("Navbahor" 2021) 

Mateus Lima ("Nasaf" 2022)

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика