So’nggi yangiliklar

01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  0 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  1 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  11 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  25 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  1 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6

Ispaniya futboli tarixida ilk marotaba erkak o'yinchi tug'ruq tatili olishi mumkin Yangiliklar

Ispaniya futboli tarixida ilk marotaba erkak o'yinchi tug'ruq tatili olishi mumkin

Teglar :  LeganesXuan Kruz
"Leganes"ning 25 yoshli yarim himoyachisi Xuan Kruz klubdagi mojarolardan charchab, endilikda bola parvarishi uchun tatilga chiqish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda.

Bu voqea zamirida ham oddiy, ham bemani tuyuladigan vaziyat yotadi. Bahordayoq Kruz jamoadan ketmoqchi ekanligini malum qilgandi. "Leganes" Segundaga tushib qolgach, u o'zini klub kelajagida ko'rmaydi. Biroq rahbariyat o'yinchi uchun qatiy talab qo'ymoqda: shartnomada ko'rsatilgan 10 million evrodan kam tovon puliga rozi emas.

Futbolchiga qiziqish bildirganlar oz emas edi. "Rayo Valekano," "Alaves" va Portugaliya klublari 5 million evro evaziga o'yinchi huquqlarining 60 foizini sotib olishga tayyor edi. Ammo "Leganes" taklifni qabul qilmadi: chunki qolgan 40 foiz huquq hali ham "Betis"ga tegishli, klub esa moliyaviy zarar ko'rishni istamaydi.

Bu vaqt ichida Kruz mavsumoldi tayyorgarligini o'tkazishdan bosh tortdi va yangi mavsum uchun ro'yxatga kiritilmadi. Hozirda u jamoa bilan mashg'ulot o'tkazayotgan bo'lsa-da, maydonga tushishdan butunlay voz kechdi – faqat to'liq transfer yoki shartnoma bekor qilinishini kutmoqda.

Yaqin kunlarda futbolchining oilasida chaqaloq dunyoga keladi. Shu munosabat bilan Kruz rasmiy ravishda ota sifatida bola parvarishi tatili uchun ariza berishga tayyor. Agar bu voqea amalga oshsa, u Ispaniya professional futbol tarixida bola parvarishi bo'yicha tatilga chiqqan birinchi erkak bo'ladi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика