So’nggi yangiliklar

19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  0 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  37 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  8 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  1

Matchday: Super o'yinlar prevyusi Yangiliklar

Matchday: Super o'yinlar prevyusi

Bugun evropa milliy chempionatlaridagi kuchli-beshlikda bir qator muhim va markaziy o'yinlar bo'lib o'tadi.

Dastlabki etiborga molik o'yin Angliya premer ligasining 8-turi doirasida "Liverpul" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasida kechadi.


CHempionatni yo'qotishlarsiz o'tkazayotgan Mourinyu jamoasini bu gal ancha qiyin va jiddiy safar kutmoqda. Yurgen Klopp hamkasbi Mourinyuga "Enfild"da "qaynoq dush" tayyorlab qo'yayotgan bo'lsa ajab emas.
Ayni paytda turnir jadvalida 7-o'rinda borayotgan "Liverpul" uchun bu o'yin ham principial, ham turnir jadvali nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega.
Yurgen Klopp hamda Joze Mourinyu o'rtasidagi o'zaro qarama-qarshilik ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bu murabbiylarning o'tgan yilgi o'zaro to'qnashuvida har ikkala bahsda ham g'olib nomi aniqlanmagandi.
Bu safar omad kim tarafida bo'ladi, buni vaqt ko'rsatadi.

Jamoalarning hozirgi holatidan kelib chiqadigan bo'lsak, "Liverpul" katta tezlikda ketayotgan "Manchester Yunayted"ni to'xtatib qolishi kerak bo'ladi. Buni uddalash esa ularga oson bo'lmasligi aniq.
Har ikkala jamoaning ham tarkiblarida sezilarli yo'qotishlar mavjud.
Mersisaydliklar etakchisi Sadio Mane jarohati bois o'yinni o'tkazib yuboradi. SHuningdek, Natalian Klayn hamda Adam Lallana ham jarohatlari tufayli uchrashuvda ishtirok etishmaydi.
Mourinyu oldidagi yo'qotishlar ham "Liverpul"nikidan kam emas. MYUdagi yo'qotishlar birmuncha kattaroq. Pol Pogba ketidan endilikda Maruan Fellayni ham jarohatlandi. Maykl Kerrik, Zlatan Ibragimovich hamda Markos Roxo ham anchadan buyon yashil maydondan chetda qolmoqda.

APL, 8-tur.
"Liverpul" - "Manchester Yunayted" (16:30)
"Enfild" stadioni.
Bosh hakam
: Martin Atkinson

Bugun namoyish etiladigan futbolga oid ko'rsatuvlar jadvali (Setanta Sports, Sport TV, Match TV, Futbol TV)


Kunning yana bir markaziy o'yini Italiya A Seriyasida o'tkaziladi.
Yaqindagina Italiya superkubogida to'qnash kelgan "Yuventus" hamda "Lacio" jamoalari endi chempionat doirasida o'zaro hisob-kitobni amalga oshiradi.
O'tgan turda "Atalanta" bilan bo'lgan bahsda g'alabani qo'ldan chiqargan "Yuve"ni o'z uyida jiddiy chorlov kutmoqda. Superkubok bahsida "Yuve"ni, chempionat doirasida esa kuchayotgani ko'p bor takidlangan "Milan"ni savalagan "Lacio" yaqinda "Napoli" tomonidan to'xtatilgandi. Ammo Simone Inzagi qurayotgan jamoa o'yindan-o'yinga kuchayib, shakllanib borayotgani shundoq ko'zga tashlanmoqda. Jamoa to'purari CHiro Immobile o'tkazilgan so'nggi 10 o'yinda raqiblari darvozasini 11 marotaba ishg'ol etgani "Lacio"ni hozirgi kunda qanday jiddiy jamoaga aylanganidan darak berib turibdi. Jamoa ham o'yin sifati jihatidan ham, natijalar bobida ham ko'tarilish jarayonini boshdan kechirmoqda. Garchi Turinda o'ynaydigan bo'lsada, bu Inzagi boshqaruvidagi "Lacio" "Alyanc stedium"da ham Allegriga etarlicha bosh og'riq taqdim etishga qodir.
"Yuventus" esa endi ochko yo'qotishga haqqi yo'q. CHunki jamoa shundoq ham "Napoli"ni quvuvchi roliga tushib qoldi. Buyog'iga jamoa o'rtadagi farqni yanada oshirib yubormasligi uchun ham g'alaba qozonishga majbur.

"Yuventus" lazareti himoyachilar "armiya"si bilan to'lgan, desak mubolag'a bo'lmaydi. Benedikt Xyovedes, Andrea Barcali, De SHilo, Daniele Rugani shular jumlasidandir.
SHuningdek, endigina jarohatidan forig' bo'layotgan Sami Xedirani ham bu o'yinda ishtirok etmasligi ehtimoli yuqori.
"Lacio"da ham yo'qotishlar etarlicha. Jamoa etakchilari Felipe Anderson, Vallas, Lukaku, Basta, Bastos hamda jamoa darvozaboni Strakoshada ham jarohat bor. Simone Inzagi oldida tanlov ancha cheklangan. Bu esa amaldagi chempionga qarshi o'yin oldidan Inzagini boshiga ortiqcha tashvish tug'dirishi aniq.

A Seriya, 8-tur.
"Yuventus" - "Lacio" (21:00)
"Alyanc Stedium" stadioni.
Bosh hakam
: Paolo Silvio Mazzoleni.


A Seriyadagi yana bir etiborga molik va diqqat-markazda bo'ladigan bellashuv Rimda o'tkaziladi.
CHempionat peshqadami "Napoli" yana Rimga safar qiladi. Ularning yaqindagi safari ancha omadli va muvaffaqiyatli chiqqandi. Ammo bu galgi raqib Rimning boshqa jamoasi - "Roma".
Mauricio Sarri bu safar endi "Roma" qarshiligini sindirishga urinib ko'rishi lozim. Unga o'tgan yilgidek Spaletti emas, balki jamoa ruliga yaqindagina kelgan Eysebio Di Franchesko taktik kurash taqdim etishga harakat qiladi.Bu jamoalarning o'tgan mavsumdagi o'yinlari ancha g'alati o'tgan. Rimda "Napoli" g'alaba nashidasini surgan bo'lsa, Neapolda "Roma" ishonchli g'alabani tantana qilgandi. Joriy mavsumda voqealar rivoji qanday tus olishini taxmin qilish qiyinroq. O'yin, tarkib, hamda turnir jadvalidagi vazitdan kelib chiqadigan bo'lsak, "Napoli" bu to'qnashuvda favoritdek, taassurot qoldiradi. Ammo Rimda "Roma" o'z ulishini begonalarga shundoq topshirib qo'yadigan anoyi jamoalardan hisoblanmaydi.
Garchi bir qator etakchi futbolchilari tark etgan bo'lsada, "Roma" aynan "Napoli"ga qarshi o'yinda nimalarga qodir ekanligini isbotlash uchun ham ikki xissa kuch bilan o'ynashi aniq. Eysebio Di Frachesko ham murabbiy sifatida o'z salohiyatini namoyish etishi uchun ajoyib imkoniyat.
Mauricio Sarri esa "Yuventus" bilan oradagi farqni saqlab qolish uchun ham g'alaba qozonishi shart. "Napoli" jadvalda yakka hokimga aylangani ularning ishtahasini yanada oshirgan bo'lishi tabiiy. Bu jihat ularni bo'shashishlariga emas, aksincha motivaciyani yanada kuchayishiga xizmat qilishi kerakligini Sarri tushunib turibdi.
Bu jamoalarning o'tkazgan so'nggi 16 uchrashuvidan keyin kuchlar teng. "Roma"da 7 g'alaba, "Napoli"da ham shuncha g'alaba va 2ta o'yinda durang qayd etilgan.

Jamoa tarkiblarida yo'qotishlarga to'xtaladigan bo'lsak, "Roma"da De Rossini o'ynashi so'roq ostida turibdi. SHuningdek, El-SHaaravi ham kichik jarohati tufayli o'yinda ishtirok etishi nomalum bo'lib turibdi. "Roma"ning yangi xaridi Patrik SHik esa hali yashil maydonga qaytgani yo'q. Kevin Strootman hamda Diego Perottini ham yo'qligi jamoa uchun yo'qotish.

"Napoli"da esa ikkita etakchi futbolchilar jarohatlangan. Arkadiush Milik uzoq muddatga safdan chiqqan bo'lsa, Fayzi Gulamning "Roma" bilan o'yinda ishtirok etishi nomalum.

A Seriya, 8-tur.
"Roma" - "Napoli" (23:45)
"Stadio Olimpiko" stadioni.
Bosh hakam
: Janluka Rokki.


Germaniya Bundesligasida ham bugun katta afishali o'yin bor. Dortmundda mahalliy "Borussiya" jamoasi o'tgan yili katta shov-shuv ko'targan "Leypcig"ni mehmon qiladi. Joriy mavsumni yangi bosh murabbiy Peter Boshsh muvaffaqiyatli o'tkazayotgan Dortmund uchun "Leypcig" to'sig'i qanchalik qiyin bo'lishini o'yin ko'rsatadi. O'tgan mavsumda ushbu jamoalar o'rtasidagi har ikkala o'yinni ham birgina gol hal etgandi. Dortmunddagi bahsda mezbonlar zafar quchishgan bo'lsa, mehmonda "Borussiya" "Leypcig" oldida ojiz qolgandi.
Bu safar ham o'tgan yilgi scenariy takrorlanadimi?
"Borussiya" ayni paytda Bundesligada katta tezlik bilan harakatlanmoqda va "Bavariya"ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda. Boshsh esa ushbu farqni qisqarishini istamaydi va jamoa "Leypcig" bilan bo'ladigan bahsga ancha jiddiy yondoshishi aniq. Ralf Xazzenxyuttl boshchiligidagi "buqalar" peshqadamdan 6 ochkoga, ikkinchi pog'onada borayotgan "Bavariya"dan esa 1 ochko kam jamg'argan. Dortmunddagi qoqilish esa ularni kuchli uchtalikdan uzoqlashib qolishlariga sababchi bo'lishi mumkin.
SHu boisdan ham "buqalar"ni Dortmund safaridan ko'zlagan maqsadlari minimum 1 ochko.
"Leypcig" hozircha bundesligada hech kim uddalay olmayotgan narsani, yani "Borussiya"ni mag'lub etishni birinchilardan bo'lib amalga oshirishga katta kuch sarflab ko'rishi aniq.

Dortmund tarkibida yo'qotishlar anchagina ko'p. Marko Roys, Andre SHyurrle, Marsel SHmelcer, Rafael Gerreyru, Sebastyan Rode, Mahmud Daud, Lukash Pishek hamda Erik Durm jarohatlarini davolashmoqda.
"Leypcig"da esa Ilsanker hamda Koltortidan tashqari anchagina jiddiy yo'qotish mavjud - Timo Verner. Jamoa to'purari Germaniya terma jamoasi mashg'uloti paytida oyog'ini shikastlab olgandi. Uning hozirgi holati nomalum. Xazzenxyuttl jamoaning asosiy "quroli"dan foydalana olish yoki olmasligi nomalum.

Bundesliga, 8-tur.
"Borussiya" Dormtund - "Leypcig" (21:30)
"Signal Iduna Park" stadioni.
Bosh hakam
: Deniz Aytekin.


Yana bir katta o'yin Ispaniya La Liga doirasida Madridda bo'lib o'tadi. Turnir peshqadami "Barselona" Madridga safar qiladi. Ammo raqibi "Real" emas, kataloniyaliklar principial jihatdan ikkinchi darajali raqib "Atletiko" Madrid mehmoni bo'ladi.
Bu jamoalar o'rtasidagi o'zaro qarama-qarshilik doimo yuqori shiddat va keskin kurashlar ostida o'tgan. Hech kim to'xtata olmayotgan "Barselona"ni "Atletiko" to'xtatib qoladimi, degan savolga javob olamiz.
So'nggi bor aynan Madridda mag'lubiyatga uchragan "Barselona" uchun Madrid safari yana muvaffaqiyatsiz chiqadimi, degan savol ham ko'pchilikni qiziqtirmoqda.
Diego Simeone "Barselona"ga qarshi qanday o'ynash va qaysi taktikani tanlashni juda yaxshi biladi. Ernesto Valverde esa shu o'rinda hamkasbi Simeone bilan birgalikda "Atletiko" bilan ham yaxshi tanish.
Bu jihatlar kim ko'proq unumli foydalanishini esa vaqt ko'rsatadi.
Turnir jadvalida 4-o'rinda borayotgan "Atletiko" kuchli-uchlikka kirib olish uchun ham o'z uyidagi bu bahsni yutishiga to'g'ri keladi. "Barselona" esa yakka hokimlikni yanada mustahkamlash maqsadida g'alabani ko'zlashi kundek ravshan.
Qiziq jihati shundaki, primeroda "Atletiko" jamoasi o'z uyidagi bahslarda "Barselona"ni 7 yildan buyon mag'lubiyatga uchrata olmay kelmoqda. Bu noxush seriya yana davom etadimi?
SHuni alohida qayd etish kerakki, "Barselona" endi "Atletiko"ning yangi stadioniga tashrif buyuradi. "Visente Kalderon"dagi muvaffaiyatli seriyani yangi stadionda ham davom ettirish kataloniyaliklar uchun oson bo'lmasligi aniq.

Lazaretlarga keladigan bo'lsak, "Atletiko"da faqatgina Luis Felipe hamda Sime Vrsalko o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
"Barselona"da esa yo'qotishlar ancha ko'p va etakchilar xizmatidan kataloniyaliklar foydalana olishmaydi.
Andres Inesta, Luis Suares, Usman Dembele hamda Rafinya "Barselona" lazaretini to'ldirib turishibdi.

La Liga, 8-tur.
"Atletiko" - "Barselona" (23:45)
"Estadio Vanda Metropolitano" stadioni.
Bosh hakam
: Antonio Mateu.


SHuningdek, bugun Bundesligada Yupp Xaynkesni qaytargan "Bavariya" o'zining eski-yangi bosh murabbiyi qo'li ostida "Frayburg"ni qabul qiladi.
O'tgan turda "Siti"dan mag'lubiyatga uchragan "CHelsi" hali ham gol urolmagan "Kristal Pelas" mehmoni bo'ladi.
"Manchester Siti" esa "Stok Siti" bilan to'qnash keladi.
"Tottenxem" esa "Bornmut" bilan bahs yuritadi.
La Ligada ishlari yurishmayotgan Ispaniyaning amaldagi chempioni "Real" esa "Getafe"ga safar uyushtiradi.
Dahshatli uchlikni paydo qilgan PSJ esa "Dijon" bilan safarda o'ynaydi.
Evropa chempionlar ligasisiz qolib ketgan "Arsenal" "Uotford" bilan mehmonda kuch sinashadi.


APL, 8-tur.
"Liverpul" - "Manchester Yunayted" (16:30)
"Byornli" - "Vest Xem" (19:00)
"Kristal Pelas" - "CHelsi" (19:00)
"Manchester Siti" - "Stok Siti" (19:00)
"Suonsi" - "Xaddersfild" (19:00)
"Tottenxem" - "Bornmut" (19:00)
"Uotford" - "Arsenal" (21:30)

Franciya 1 divizioni, 9-tur.
"Dijon" - PSJ (20:00)
"Kaen" - "Anjer" (23:00)
"Gengam" - "Renn" (23:00)
"Lill" - "Troyes" (23:00)
"Sent Eten" - "Metc" (23:00)
"Tuluza" - "Amiens" (23:00)

Bundesliga, 8-tur.
"Bavariya" - "Frayburg" (18:30)
"Gannover" - "Ayntraxt" (18:30)
"Gerta" - "SHalke" (18:30)
"Xoffenxaym" - "Augsburg" (18:30)
"Maync" - "Gamburg" (18:30)
"Borussiya" - "Leypcig" (21:30)

A Seriya, 8-tur.
"Yuventus" - "Lacio" (21:00)
"Roma" - "Napoli" (23:45)

La Liga, 8-tur.
"Atletik" - "Sevilya" (16:00)
"Getafe" - "Real" (19:15)
"Alaves" - "Real Sosedad" (21:30)
"Atletiko" - "Barselona" (23:45)

Bugun namoyish etiladigan futbolga oid ko'rsatuvlar jadvali (Setanta Sports, Sport TV, Match TV, Futbol TV)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика