So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  7 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  27 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

Matchday: "Bavariya" - "Bayer" (prevyu) Yangiliklar

Matchday: "Bavariya" - "Bayer" (prevyu)

Germaniyada bugun rasman yangi mavsumga start beriladi.


90 kunlik tanaffus ortda qoldi va Bundesliga maydonining markazida nihoyat yana to'p o'rnatiladi.

Bundesliganing 2017/2018 yilgi mavsumini ochib beradigan o'yin - "Bavariya" hamda "Bayer" o'rtasida kechadi.

Ushbu o'yin prevyusini etiboringizga havola etamiz.


"Bayer"ning o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatsizligidan keyin jamoada bosh murabbiy almashishi kundek ravshan edi. Yangi kelgan jamoaning sobiq hujumchisi Xayko Xerlixx Bundesligadagi kelajagi porloq mutaxassislardan biri sifatida qaralmoqda. Uning qo'li ostida jamoalar hech qachon raqibdan kelib chiqib harakatlanishmaydi. Xayko Xerlixx doim o'z falsafasiga sodiq qoladigan mutaxassis sanaladi. Xayko Xerlixx "Bayer"ni yangicha g'och ostida o'ynatishni maqsad qilgan. Ammo ushbu mutaxassisning "Bayer" rulidagi ilk rasmiy o'yini anchayin jiddiy raqib, amaldagi chempion "Bavariya"ga qarshi bo'ladi.
Myunxenda, "Alyanc Arena"da "Bavariya" bilan Xayko Xerlixx jamoasi o'zi istagan futbolni ko'rsatadimi yoki "Bavariya" ularni raqibdan kelib chiqib o'ynashga majbur qiladimi? Buni kuzatish albatta qiziq bo'ladi.

- Yangi mavsumdan boshlab Bundesligada video-takrorlardan to'liq foydalaniladi


Xayko Xerlixx o'zining g'oyalari qanchalik katta va jamoa bilan muvaffaqiyat qozonishiga ishonayotganini takidlamoqda. Ammo klubning transfer siyosatini hozircha maqtab bo'lmaydi. "Bayer"ni Xakan CHalhanoglu, CHicharito va Toprak kabi etakchi futbolchilar tark etishdi. Ammo Xayko Xerlixx jamoaning boshqa istedodli futbolchilari orqali yangi "Bayer"ni shakllantirmoqchi. Tarkibga yangi jalb etilgan futbolchilar ko'p emas, ikki nafar - Sven Bender hamda Dominik Kor. Yangi mavsumdan boshlab aka-uka Bender "Bayer" sharafini himoya qilishadi.
"Bayer" safida yangi mavsumda etakchi rolida bo'lishi kutilayotgan Yulian Brandt, Xaverc, Poxyanpalo singari futbolchilar Xayko Xerlixxning g'oyalarini amalda tadbiq etishda ko'maklashishlari lozim bo'ladi.


Birinchi turdayoq "Bavariya" qarshisida paydo bo'lish Xayko va uning yangitdan qurilayotgan jamoasi uchun yaxshigina dars bo'lishi aniq.
Bir tomondan, jamoa ilk o'yindayoq chempionatning eng xavfli jamoasi bilan o'ynab bo'ladi. Keyinchalik bemalol ochkolarni jamg'arish haqida ham o'ylashlari mumkin. Biroq Xerlixx Myunxenda shunchaki ishtirok uchun kelmaganini takrorlashdan charchamayapti.

Xayko Xerlixxning aytishicha, "Bavariya"ga qarshi tayyorlab qo'ygan rejasi bor.
"Bayer" uchun yaxshi yangilik bu Manuel Noyerni ushbu o'yinda ishtirok etmasligi. "Bavariya"ning asosiy posboni garchi mashg'ulotlarni boshlagan bo'lsada, hali maydonga tushishga to'liq tayyor emas.
"Bavariya" esa Noyersiz o'tkazgan oxirgi 15 uchrashuvda jami 27 bor o'z darvozasidan gol o'tkazib yubordi.


Bu esa Noyer faktori "Bavariya" uchun qanchalik ahamiyatli va ushbu kiperning o'rni jamoada naqadar muhimligini ko'rsatib turibdi.
Yangi mavsumdagi ilk o'yinda "Bavariya" - "Bayer" qarama-qarshiligini kuzatish har tomonlama qiziq bo'ladi. Noyerning yo'qligi esa ushbu o'yinda "Bayer"ning imkoniyatlarini birmuncha oshiradi va uchrashuvga malum intriga qo'shadi.
Xayko Xerlixxning yangi tuzayotgan jamoasi Noyersiz "Bavariya"ga qanchalik muammolar taqdim etishini esa tunda bilib olamiz.

"Bavariya"ga bugun nafaqat Noyer, balki undan tashqari Tyago Alkantara, Xames Rodrigez, Bernat, Boateng hamda Xavi Martines singari futbolchilar ham yordam bera olishmaydi. Ushbu futbolchilarda jarohat mavjud.
Yo'qotishlarga qaramay Karlo Anchelotti tasarrufida bir qator yangi kelgan futbolchilar bor. Boatengning o'rni Zyule bilan to'ldiriladi, Alkantaraning rolida Tolisso yoki Myuller tanlovidan biriga murojaat qilinadi. Jarohatidan forig' bo'lgan Robben bugun maydonga tushishga tayyor, ammo Anchelotti uni boshlang'ich tarkibga qo'yadimi-yo'qmi bu hozircha nomalum.



Anchelotti yig'inni to'liq tarkib bilan deyarli o'tkazishiga imkon bo'lmadi. Avvaliga Konfederaciyalar kubogida ishtirok etgan futbolchilar barchadan keyin mashg'ulotlarga qo'shilishdi. Jarohatlanganlar soni tobora oshib bordi. SHu tariqa Anchelotti hozircha to'liq tarkibda yangi mavsumga tayyorgarlik qismini o'tkazishga muvaffaq bo'lmadi. Ammo shunga qaramay italiyalik tajribali mutaxassis kerakli balansni tanlay oldi va "Bavariya"ni rasmiy o'yinlarga kerakli notada olib kelishga deyarli erishdi. CHunki mavsumoldi o'rtoqlik bahslaridagi yirik mag'lubiyatlarning asl sababi futbolchilar hali o'z jismoniy holatlari meyorida bo'lmagani, jamoaviy o'yindagi ritmga tushmaganliklari bilan bog'liq edi. Biroq Anchelotti qisqa fursatda barchasini iziga tushirishga muvaffaq bo'ldi. Germaniya superkubogi va kubok o'yinidagi muvaffaqiyat buning isboti.
SHu boisdan garchi mavsumoldi nazorat o'yinlaridagi muvaffaqiyatsizlikka qaramay Karlo Anchelotti jamoaning tayyorgarligidan ko'ngli to'q va yangi mavsumga katta ishonch bilan qaramoqda.

Birinchi bellashuv doimo qiyin va muhim bo'lgan.

"Bavariya"dagi yo'qotishlar va "Bayer"ning yangi g'oya asosida startga taraddud ko'rayotganini inobatga olsak, "Alyanc Arena"da uchrashuvda har ikkala jamoalarning imkoniyatlari biroz tenglashtiradi.  Bu ham bahsning qiymati va qiziqarligini oshiradi.

Bundesliga: Raqobatga chanqoq “Bavariya”, yangilanayotgan “Borussiya”, “Leypcig” qanday loyiha?

Bundesliga, 1-tur.

"Bavariya" - "Bayer" (23:30) (Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX)

"Alyanc Arena" stadioni.

Bosh hakam
: Tobias SHtiler.

"Bavariya"
: (taxminiy tarkib 4-2-3-1) Ulrayx - Alaba, Xummels, Zyule, Kimmix - Rudi, Tolisso - Riberi, Myuller, Robben - Levandovski.

"Bayer"
: (taxminiy tarkib 4-4-2) Leno - Vendell, Bender, Ta, Xenriks - Kor,  Mehmedi, Kampl, Bellarabi - Poxyanpalo,  Folland.



O'zaro o'yindagi fakt: Bu jamoalar jami 54 marotaba duch kelishgan. SHulardan 33 o'yinda "Bavariya"ning qo'li baland kelgan, 11 bahsda esa "Bayer" tomon g'alabani tantana qilgan. Qolgan 10 uchrashuvda durang qayd etilgan.
To'plar nisbati: 101-61, "Bavariya" foydasiga.

Ushbu o'yinni "Futbol3" hamda "MATCH TV" kanallari jonli efirda namoyish etishadi. SHuningdek, "Aleziya.com" sayti orqali ham uchrashuvni jonli efirda tomosha qilish imkoniyati bor.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика