So’nggi yangiliklar

11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  1 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  6 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  3 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  11 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  19 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  15 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13

Match TV: Premer-liganing bo'lajak yulduzi Oston O'runov haqida Yangiliklar

Match TV: Premer-liganing bo'lajak yulduzi Oston O'runov haqida

Teglar :  UfaOston O'runov
Rossiyalik hamkasblarimiz hamyurtimiz Oston O'runovga etibor qaratishdi.

"Ufa" yana ikki yildan keyin katta klubga yo'l olishi kerak bo'lgan iqtidor egasini topdi. Ishonchimiz komil. SHu sababli, Oston O'runov hikoyasini sizga taqdim etamiz.

"Ufa" o'zbekistonlik futbolchini qishda 200 ming evro (boshqa bir malumotlarga ko'ra 150) evaziga Toshkentning "Lokomotiv" klubidan sotib olgan edi. Dekabrda yigitcha 19 yoshni qarshi oldi, lekin 50+ o'yin o'tkazishga, O'zbekistonning eng yosh yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritishga hamda terma safida debyut uchrashuvini o'tkazishga ulgurdi.

"Men "Ufa"ning "Krasnodar" va "Tambov"ga qarshi o'yinlarini ko'rdim, lekin uchrashuvlarni O'runov uchun tomosha qildim deya olmayman. Biroq u jamoada yangi bo'lishiga qaramay, rus tilida ravon so'zlasha olmasa-da va endigina 19 yoshda bo'lsa-da, jamoasi tarkibida ajralib turardi. Ayniqsa o'z driblingi bilan.

Ishonchim komil u ligamiz uchun ajoyib xarid va shu fikrda Ostonga qo'ng'iroq qildim, maqsad siz azizlarga ushbu iqtidor sohibining chempionatimizga kelgunga qadar bosib o'tgan yo'li haqida aytib berishdir" — deb yozadi muallif.

— Men O'zbekistonning Navoiy shahrida tavallud topganman — kichik, ammo juda chiroyli shahar. U erning havosi toza, tabiati go'zal — deydi Oston O'runov. — To'p tepishni mahallada boshlaganman: har kuni 3 soatdan futbol o'ynardim. Maydon bo'lmasa-da, ajoyib davrlar edi. Asfaltda futbol o'ynardik.

9 yoshimda otamdan meni futbol maktabiga olib borishni so'raganman. Otam — mehribon, nima qilsam ham hech qachon ovozini ko'tarib gapirmaydigan inson. Men qaysidir manoda ko'cha bolasi edim, doim urishib yurardim: og'ir xarakter, malum vaqt karate bilan shug'ullanganman va o'zimni ko'rsatishni istardim. Lekin otam meni ko'p koyimasdi. Hozir esa hissiyotlarimni boshqara olaman, albatta. 

Maktabdan shahar terma jamoasiga chaqirishdi va biz Farg'onaga musobaqaga yo'l oldik. U erda "Paxtakor" skautlari etiboriga tushdim va 12 yoshimda uyimdan 350 kilometr uzoqlikdagi internatga ko'chib o'tdim. Bu jiddiy sinov edi. Sog'inardim, yig'lab ham olardim, uydagilarga qo'ng'iroq qilib meni olib ketishlarini iltimos qilardim. "Paxtakor"da o'ynashni istamayman, uyga ketishni xohlayman" deb nolir edim. Biroq keyin orzuga etish uchun sabr qilish kerakligini tushunib etdim.

Aslini olganda, ota-onamdan juda minnatdorman va buyog'iga ular ishlashlarini istamayman. Oldin ular tandirda non yopishardi — bu juda og'ir mehnat, shu sababli futbol orqali pul topa boshlashim bilan ulardan bu ishni tashlashni iltimos qilganman. Hozir akam bilan men ishlaymiz. Aytgancha, akamning ismi Doston.


Oston va Doston

Menga juda noyob ism nasib qilgan — O'zbekistonda shunday ismli faqatgina bitta odamni taniyman. To'liq aytilsa: Oston O'runov Rustam o'g'li bo'ladi. "Rustam" — otamning ismi. Biz otam va onam bilan juda yaqinmiz va har kuni qo'ng'iroqlashib turamiz. CHindan — har kuni. Otam ko'pincha bir gapni takrorlaydi: "Bo'laqol, harakat qil. O'zingni ko'rsatishing kerak". Bu esa meni ruhlantiradi. 

— Rus tiliga ko'nikishim uchun yana biroz vaqt kerak bo'ladi, lekin umuman olganda yomon gaplashmayman. Barchasi men o'qigan maktab tufayli. Aslida men u erda deyarli doim uxlab qolardim va uch bahoga o'qirdim, 7-sinfdan keyin esa darslarni ham ko'p qoldirganman, biroq rus tilini oz bo'lsa-da o'rganib olgandim. Ingliz tili unchalik emas, lekin rejada bor.

16 yoshimda O'zbekiston oliy ligasida debyut qildim. To'g'risini aytsam, umuman hayajon bo'lmagan. Nafaqat unda balki deyarli hech qachon hayajonlanmayman. "Ufa"dagi debyutimdan keyin ham shu savolni berishgandi, o'shanda ham hayajonlanmadim deb to'g'risini aytganman. Rus tilini "Navbahor"da Andrey Kanchelskis bilan birga ishlaganda yanada rivojlantirib olganman. Yaxshi murabbiy va yaxshi inson. Samvel Babayan ham (hozir Xitoyning "CHanchun Yatay" klubida ishlamoqda) rus tilida so'zlashardi. Hozirgacha qo'ng'iroqlashib turamiz, u men uchun ko'p ish qilgan.

"Navbahor"da futbolchi sifatida o'sdim. Hokim (birgalikda "Navbahor" prezidenti) meni qo'yib yuborishni istamagan, lekin o'sishim uchun zarurligini tushinib, Toshkentga "Lokomotiv"ga ketishimga rozi bo'lgan. O'shanda faoliyatim keskin oldinga siljigan — meni mamlakatning eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olishdi, ko'p o'tmay, milliy termaga ham taklif oldim. O'shanda meni ko'chalarda tanib qola boshlashdi, bunga bosiqlik bilan munosabatda bo'lishga harakat qilaman. Bolalar birga suratga tushishni so'rashadi — bu albatta, yoqimli, lekin ruschada nima derdi "pijon", ha? Ana shunaqa bo'lishni istamayman.

Aslida o'zimni tayanch zonasida qulay his qilaman — to'p uchun kurashish, uni raqibdan olib qo'yish va ko'p yugurishni yoqtiraman, hujum qanotida esa aksariyat vaziyatlarda to'psiz, bir joyda turishga to'g'ri keladi. Lekin dribling sababli murabbiylar meni asosan qanotga qo'yishadi. Vaziyatlardan foydalanish borasida o'z ustimda hali ancha ishlashim zarur. Qaerda foydam tegsa, o'sha erda o'ynashga tayyorman — tayanch zonasi, himoya markazi (bolaligimda shu nuqtada harakat qilardim) yoki himoya/hujumning qanotida.


"Ufa"ning eng yirik transferlari (raqamlar Transfermarkt  malumotlari asosida ko'rsatilgan)

"Ufa"ga o'tishdan avval oldimda Xitoy va Amirliklardan qator variantlar bor edi. Har kuni agentlar menga yozar va shartnoma taklif qilardi. Ular orasida yaxshi jamoalar ham yo'q emasdi, lekin ularga javob bermasdim. Men Evropada o'ynashni istayman va "Ufa"ga ham shu maqsadda o'tdim. Bu klub men uchun tramplin vazifasini o'tashi mumkin.

— Bu erda menga barchasi maqul, lekin uydan deyarli chiqmayman. SHunchaki sayr qilishni uncha yoqtirmayman. Bazan masjidga borishim mumkin, ammo asosiy vaqtim kvartirada o'tadi. Ko'pincha musiqa tinglayman. Yaqinda bu odatim foyda berdi. Tanishtiruv marosimida mendan qo'shiq kuylab berishni, bu yangi kelganlar uchun odatiy ritual ekanligini aytishdi. Juda uyaldim, lekin keyin o'zbekchada "rep" aytib berdim. Hayotimda ilk marotaba.

Rossiya chempionatini bolaligimda kam ko'rardim. Umuman olganda, menga futbolni tomosha qilishdan ko'ra, maydonda to'p tepish yoqadi. Biroq Odil Ahmedovning o'yinlari yodimda. Biz o'zaro yaxshi munosabatdamiz — bir marta ular menga ajoyib maslahat bergandilar. Maydonda aldamchi harakatlarga berilib ketardim, to'p oshirishni unutib qo'yardim va Odil aka menga: "Bir marta alda — bir marta to'pni oshir" dedilar. O'shandan buyon bunga amal qilishga intilaman.

— Asosiy maqsadim? O'zbekiston termasi bilan mundialga yo'l olish. Butun o'zbek xalqi buni orzu qiladi. Xudo xohlasa Qatarda bo'lib o'tadigan JCHga chiqamiz. Yana "Manchester Yunayted", "Yuventus" yoki "Real"da to'p tepishni istayman. Buning imkoni bor, nega endi yo'q?

Barchasi o'z qo'limizda. Nega men u erda o'ynay olmayman? Bunga ich-ichimdan ishonaman.

Lekin hozir o'zimni "Ufa"da ko'rsatishim zarur.  

— Ikki yil avval bergan bir intervyungizda siz orzungizdagi mashina "Reno Kaptyur" ekanligini aytgan ekansiz. Biror narsa o'zgardimi?

— Yo'q, endi u emas. Qachondir "Lamborjini" sotib olishni istayman, lekin hozir buning imkoni yo'q. Qo'shimchasiga haydovchilik guvohnomam ham yo'q.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика