So’nggi yangiliklar

15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  8 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  5 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  18

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga Yangiliklar

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

Muhtaram do'stlar!

Barchangizni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, sizlarga o'zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Fursatdan foydalanib, jahon miqyosida yuz bergan pandemiya tufayli vujudga kelgan bugungi murakkab vaziyat va qiyinchiliklarga qaramasdan, aholiga tezkor va ishonchli axborot etkazib berish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni atroflicha aks ettirish yo'lida o'z professional burchini sidqidildan ado etib kelayotgan siz, jurnalistlar ahliga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Sizlarga ayonki, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko'tarishda axborot sohasini tubdan isloh qilish va rivojlantirishga jiddiy etibor qaratilmoqda.

Keyingi uch yilda bu borada o'ndan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Xususan, “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taminlash maqsadida o'tgan bir yil davomida ko'plab vazirlik va idoralarda axborot xizmatlari zamon talablari asosida qaytadan, 201 ta tuman va shahar hokimliklarida esa birinchi marta tashkil etildi.

Ana shu xizmatlar tomonidan ijtimoiy jarayonlar haqida ishonchli axborot berish maqsadida matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etilmoqda, hayotimizdagi muammo va hodisalarga tezkor munosabat bildirilmoqda, ularning veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, mobil messenjerlardagi sahifalari yangilab borilmoqda.

Oxirgi yillarda mamlakatimizda katta auditoriyaga ega bo'lgan qariyb 290 ta xususiy va idoraviy Internet nashrlari tashkil etildi. Ular boshqa materiallar qatorida eng muhim rasmiy axborotlar, normativ-huquqiy hujjatlarni o'zbek, rus va ingliz tillarida tarqatmoqda.

Eng asosiysi, ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarish va yangilanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy muammolar, xato va kamchiliklarga davlat idoralari va jamoatchilik etiborini qaratayotganini alohida qayd etish lozim.

Albatta, bugun biz hamma sohada, jumladan, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasida ham izlanishdamiz. Binobarin, bu yo'lda yutuqlar bilan birga, kamchilik va nuqsonlar bo'lishi ham tabiiydir.

Bu haqda gapirganda, milliy media maydonimizda zamonning o'tkir talab va mezonlari, eng muhim tendenciyalarini ochib berish, tanqidiy tahlil, odamlar kutayotgan mavzu va muammolarni dadillik bilan o'rtaga tashlash hali ham etakchi o'rin egallamayotganini aytishga to'g'ri keladi. Afsuski, aksariyat axborot vositalarida ijtimoiy salmog'i engil bo'lgan, hisobot va balandparvozlik ruhidagi materiallar hanuz ustunlik qilmoqda.

Yana bir muhim masala – ayrim jurnalist va blogerlarimizda bilim va professional malaka, bahs madaniyati etishmasligi jamoatchilikni tashvishlantirmoqda.

Bu boradagi eng asosiy vazifa – ana shunday kamchiliklarni chuqur o'rganib, ularni bartaraf etish, mavjud miqdor ko'rsatkichlarini sifat ko'rsatkichlariga aylantirish, ommaviy axborot vositalarining samaradorligini oshirishdan iborat.

Biz bugun huquqiy demokratik davlat qurayotgan ekanmiz, jurnalistikaning butun dunyoda etirof etilgan, o'zgarmas talab va mezonlariga amal qilishimiz zarur. Bu mezonlarning eng asosiysi – xolislik va haqqoniylikdir. Binobarin, matbuot maydoniga kirgan inson – u jurnalist bo'ladimi, bloger bo'ladimi, bundan qati nazar – ana shu qoidalarga amal qilishi shart.

Biz bo'lg'usi jurnalistlarimiz chuqur bilim va kasb mahoratini, ona tilimiz bilan birga chet tillarni, faol fuqarolik poziciyasini, axborot-kommunikaciya texnologiyalari, notiqlik malakasini puxta egallashlariga alohida etibor qaratishimiz zarur.

Ana shunday etuk kadrlarni tayyorlashda eng avvalo o'zimizning boy manaviy merosimizga tayansak, albatta natija bo'ladi. Bu borada jadidlar, xususan, bu yil 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanayotgan ulug' alloma va publicist Mahmudxo'ja Behbudiyning milliy jurnalistika maktabi ayniqsa muhim ahamiyatga ega.

Siz azizlarning bugungi kasb bayramingiz bahona bir ezgu taklifni ilgari surmoqchiman. O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikaciyalar universiteti talabalari uchun Mahmudxo'ja Behbudiy nomidagi stipendiyani tasis etsak, o'ylaymanki, bu ham yoshlarimizni milliy g'oya ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

SHuningdek, ayni vaqtda jahondagi etakchi media kompaniyalarining kadrlar tayyorlash va ular bilan ishlashga oid tajribasini chuqur o'rganib, chet ellik jurnalistlar bilan tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirishimiz zarur.

Muhtaram matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Sizlarni va sizlarning ijod mahsulingizdan bahramand bo'ladigan jamiki mushtariy va muxlislaringizni kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman.

Barchangizga sihat-salomatlik, yangi yutuqlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

 SHavkat Mirziyoev,

 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика