So’nggi yangiliklar

17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  17 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  3 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1

Matbuot kotiblari va "CA" Krasnodarda (Dastlabki taassurot) Yangiliklar

Matbuot kotiblari va "CA" Krasnodarda (Dastlabki taassurot)

Superliga klublar matbuot kotiblari ilk marta xorijda tashkil etilgan seminarda ishtirok etishga muvaffaq bo'lishdi.

Ayni paytda Superliga klublari matbuot kotiblari xizmat safari yuzasidan Rossiyaning Krasnodar shahrida bo'lib turishibdi. Aytish mumkinki, bunaqasi futbolimiz tarixida birinchi marta ro'y berdi. Bungacha matbuot kotiblar Toshkentda tashkil etiladigan o'quv-seminarlarda ishtirok etishardi. Lekin guruh bo'lib chetga chiqish hali kuzatilmagandi.

Tan olish kerak, o'tgan yilning sentyabr oyida O'FA va PFLda rahbariyat almashinuvi yuz berganidan beri o'zbek futbolida ko'plab yangiliklar kuzatildi. Futbolni ko'tarish uchun avvalo etuk kadrlarga ega bo'lish maqsadida O'FA va PFL imkon qadar klublarga turli yo'nalishlar bo'yicha xorijda seminar tashkil etib kelmoqda. SHu tufayli qishda shifokorlar Qatarda, keyinroq marketing vakillari Yaponiyada bo'lib malaka oshirib qaytishdi. 

O'tirgan - bo'yra, yurgan - daryo deganlaridek, hozirgi zamonda bir joyda o'tirib futbolni ko'tarish qiyin bo'lib qoldi. Maqsad futbolni rivojlantirish ekan, harakat ham shunga yarasha bo'lishi kerak. O'FA va PFL bu o'rinda klublar bir joyda qotib qolmasin, har soha bo'yicha etuk xodimlariga ega bo'lsin degan maqsadda boshqa federaciyalar bilan hamkorlik shartnomalari va memorandum imzolamoqda. 

Albatta, bazan eshitib qolamiz: shunaqa narsalar kerakmi, klublarning o'z tashvishi etarli, buyoqda mablag' tomondan muammo bor, tinchgina shu erda ishlab yuraversak yaxshi emasmi qabilida. Albatta, bu o'rinda klublarni ham tushunamiz, mablag' muammosi har doim bo'lib kelgan. Lekin chetga chiqishdan maqsad shunchaki sayohat qilib kelish emas, balki nimadir o'rganib qaytish ekanini unutmaylik. Klub xodimi aytaylik, safarga borib kelsa va ko'rganlarining qanchadir qismini o'zi ishlab kelayotgan klub faoliyatiga tadbiq qilsa shuning o'zi katta gap. 

Biz jamoalarga yaxshi murabbiylar, yaxshi futbolchilar va kuchli legionerlar kerak deymiz-u, ammo har bir yo'nalish bo'yicha etuk kadrlarga ega bo'lishimiz haqida negadir ko'p o'ylamaymiz. Ishoning, futbol rivoji faqat zo'r o'yinchilar bilan mahoratli murabbiylarga bog'liq emas, buning uchun kerak bo'lsa marketing sohasi, matbuot bo'limlari ham yaxshi ishlashi talab etiladi. 

PFL mana shuning uchun ham klublar matbuot kotiblariga Rossiyaning "Krasnodar" futbol klubida seminar tashkil etib berdi. Endi safar bo'yicha to'xtalamiz. 13 aprel kuni tush payti Toshkent - Krasnodar aviareysi orqali manzilga otlandik. SHaharga etib kelgach klub stadioniga yaqinroq "Troya" mehmonxonasiga joylashdik. Ertasi kuni bizni ikkita o'yin kutib turgandi. Dastlab mahalliy vaqt bilan 12:00da Yoshlar ligasidan o'rin olgan "Krasnodar" - "Arsenal" bahsi o'tkazildi. 


Gapdan chalg'ib ketmaslik uchun hammasini bir boshdan boshlasak. "Krasnodar" stadioni klub nomi bilan yuritiladi va sig'imi 35 ming muxlisga ega. Tashqaridan qaraganda stadion xuddi Rimdagi mashhur Kolizeyni eslatib yuboradi. Juda ajoyib arxitektura bo'yicha barpo etilgan. O'yingoh 2016 yilning 9 oktyabr sanasida to'liq foydalanishga topshirilgan. 

Stadion hududiga kiraverishda birinchi navbatda kassaga duch kelasiz. Undan sal yursangiz ixchamgina istirohat bog'i boshlanadi. Odamlar o'yin yo'q kunlari ham bemalol kelib dam olishi, oilaviy hordiq chiqarishlari mumkin. Atrof sokin, ko'chada mashinalar shovqinidan zerikkan odam bu erga kelsa dili yayraydi. "Krasnodar" klubi juda katta hududga ega ekan. Stadion, akademiya, 26ta (!) maydon, xullas hammasi shuning ichida. Bu erda avvalo klub akademiyasining faoliyati har qanday kishini o'ziga tortadi. 

Tulaning "Arsenal" klubiga qarshi o'rinbosarlar va asosiy tarkib bahsi bir kunda o'tkazildi. Bizda yoshlar ligasi o'yini Superliga uchrashuvidan bir kun oldin o'tishini yaxshi bilasiz. Rossiyada ham shunday, biroq mamlakati hududi katta va uchish parvozlari uzoqligi sabab bazi hollarda ikkala jamoaning o'yini bir kunda o'tkazilar ekan. Muhimi, yoshlar ligasida faqat jamoa yoshlari maydonga tushadi. SHu bois o'yinlar bir-biriga xalaqit qilmaskan. 


"Krasnodar" o'rinbosarlarining "Arsenal" yoshlariga qarshi bahsi stadion hududidagi maydonlardan birida tashkil etildi. Ixchamgina bir tomoni tribunali stadionga kirib borganimizda bizni "Krasnodar" futbol klubi matbuot kotibi Denis Danilchenko kutib oldi. Odatiy salom-alikdan so'ng bizga dastlab o'yinni ko'rish, ana undan keyin klub bilan tanishtirishni malum qilishdi. O'yinga kirish bepul ekan. Bir tomonli tribuna liq to'ldi deya olamiz. 

Etiborimizni tortgan jihat klub atributikalari sotiladigan savdo shahobchasi yoshlar ligasi o'yini paytida ham ishlaydi. Bunda bemalol klub sharfi, "FK Krasnodar" yozuvi tushirilgan futbol to'plari, kepka, brilok, magnit, qo'l tasmasi, soat va boshqa esdalik buyumlarini xarid qilishingiz mumkin. SHuningdek, egulik va ichkilik sotiladigan do'kon ham ishlab turibdi. Tanaffus paytida do'kon oldi tirband bo'p ketadi, biroq hamma o'z navbati kelishini kutadi. Bizdagi bazi joylarga o'xshab, "menga bering", "chetroq tur, man
olaman" degan gaplar yo'q. Xullas, tartib bor. 

O'rinbosarlar bahsida "Krasnodar" yoshlari 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Maydon tekis, yam-yashil, shunga yarasha o'yin ham zo'r kechdi. Stadion diktori ajoyib tarzda ishlab berdi. Diktor tarkiblarni tanishtirayotganida futbolchilarning ism-sharifi, o'ynaydigan raqamidan tashqari ularning tug'ilgan yilini ham aytib turdi. Aytish mumkinki, bu biz uchun yangilik bo'ldi. Qolaversa, "Krasnodar"da diktor sariq kartochka olgan futbolchini ham mikrofonda aytar ekan. Bu esa shaxsan menga g'alati ko'rindi. CHunki bizdagi
yozilmagan qoidaga ko'ra ogohlantirish olgan futbolchi nomi stadionda baralla elon qilinmaydi. 

Yoshlar ligasi o'yini "Krasnodar" klubining Youtube kanalida onlayn yoritib borildi. Bahs yakuniga etganidan so'ng aynan o'rinbosarlar jamoasi va klub akademiyasi bilan ishlaydigan matbuot xizmati xodimi Andrey Belik klub sayti uchun murabbiy va futbolchidan intervyu oldi. SHundan so'ng klub tarbiyalanuvchilariga yaratilgan sharoit bilan tanishish maqsadida "Krasnodar" akademiyasi tomon yo'l oldik. Bunda Andrey Belik bizga hamrohlik qildi. 

Men "Krasnodar" futbol akademiyasi Rossiyadagi eng katta hamda zamonaviy ekanligi haqida oldin ko'p eshitgandim. Bazilar hatto Evropada ham o'z o'rniga ega deyishadi. O'z ko'zim bilan ko'rib shunga amin bo'ldimki, darhaqiqat maqtashganicha bor ekan. To'rt qavatli katta binoda 320 futbolchi tahsil oladi. Butun Krasnodar bo'ylab klubning filiali ko'p va hammasi bo'lib jami 11 ming futbolchi "Krasnodar" libosida shug'ullanadi. Futbolchilar 5-11 yosh oralig'ida uydan qatnab mashg'ulot o'tkazib turishadi. 12 yoshdan boshlab esa eng
iqtidorlilari klub akademiyasiga tanlov orqali qabul qilinadi va ular yotoq hamda o'qish bilan taminlanadi. 

Akademiya o'quvchilari shahardagi maktabga qatnashmaydi, balki hamma sharoit akademiya binosi ichida muhayyo qilingan. Yani, bo'lajak yulduzlar bu erda ham tahsil olib, ham mashg'ulot o'tkazishadi. CHetdan yollangan o'qituvchlar bolalarga maktab dasturi bo'yicha dars o'tishadi. Akademiyada sizu-bizga yaxshi tanish, sobiq darvozabon Oleg Belyakov yosh darvozbonlarni tayyorlash bo'yicha murabbiy bo'lib ishlamoqda. Belyakov bilan ko'rishgach intervyu olish niyatim borligini aytganimda hozircha ko'ndirishning iloji bo'lmadi. Balki Toshkentga qaytgunimizcha o'xshab qolar. 

P.S. Superliga matbuot kotiblari bilan Krasnodarga kelish menga ham nasib qilgan ekan, fursatdan foydalanib O'FA va PFL rahbariyati xususan O'FA vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, PFL bosh direktori Omon G'ofurov hamda saytimiz rahbariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Bu hozircha birinchi taassurot edi. "Krasnodar" akademiyasiga qilgan sayohatimiz davomida ko'pchilik hali hech qaerda ko'rmagan yangilikka duch keldik. Bu haqda sal keyinroq...

X.Xoliqov, Krasnodar shahridan. 


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика