Mata “Qizil iblislar”ga yordam bera olmayotganidan afsusda, u muhim o'yinlarni o'tkazib yuboradi
04 mar 2019 18:55
Yangiliklar


Mata “Qizil iblislar”ga yordam bera olmayotganidan afsusda, u muhim o'yinlarni o'tkazib yuboradi
MYU yarimhimoyachisi Xuan Mata jamoasiga yordam bera olmayotganidan afsusdaligini, shuningdek, bo'lajak to'qnashuvlarda “qizil iblislar”ga yordam bera olmasligini aytdi.
“Men jarohatlarga o'rganmaganman. MYUga yordam bera olmayotganimdan afsusdaman. Lekin. jamoa azolarining maydonda o'zlarini ko'rsatayotganidan xursandman. Jarohatim bois, muhim bo'lgan ikkita (“PSJ” va “Arsenal”ga qarshi) o'yinni o'tkazib yuboraman. SHunga qaramay, mazkur bahslarda jamoamni qo'llab-quvvatlab, tiklanish bosqichlarini davom ettiraman.", - deya malum qilgan Mata o'z shaxsiy blogi orqali.
“Manchester Yunayted” 6 mart kuni ECHL 1/8 final javob o'yinida PSJ mahmoni bo'lsa, 10 mart sanasida “Emireyts Stedium”da “Arsenal” bilan uchrashadi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi 24 fevral kuni "Liverpul"ga qarshi uchrashuvda jarohat olib, zaxiraga olingandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar