Mata: "APLda uchinchi va to'rtinchi o'rinni hech kim olishni istamayapti shekilli"
29 apr 2019 00:20
Yangiliklar


Mata: "APLda uchinchi va to'rtinchi o'rinni hech kim olishni istamayapti shekilli"
MYU yarimhimoyachisi Xuan Mata CHelsi bilan qayd etilgan durangdan (1:1) so'ng o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
«Biz g'alaba qozonmoqchi edik. Natijadan esa ko'nglimiz to'lmadi. Birinchi bo'limdagi yaxshi o'yinimizdan so'ng, qayd etilgan hisobdan ranjidik. Top-4 shunchalik yaqinki, biz undan joy olishi uchun oxirgi oylarda juda ko'p mashaqqat chekmoqdamiz. Biroq, unga etib borish juda qiyin bo'lmoqda. Har bir o'yinni bugungidek boshlashimiz zarur. Ayniqsa, o'z maydonimizdagi uchrashuvlarda. Menimcha, hech qaysi klub uchinchi va to'rtinchi o'rinni egallashni istamayapti. Hammada muammolar bor. SHunchaki, 6 ochko to'plashimiz kerak va bizdan boshqa narsa talab qilinmaydi», – deydi Mata.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar