Massimiliano Allegri “Napoli”ga qarshi o'yin oldidan nimalar dedi?

28 sen 2018, 08:10
Italiya chempionatining navbatdagi turida “Yuventus” Karlo Achelotti boshliq “Napoli”ga qarshi maydonga tushadi.

Bahs oldidan Turin klubi ustozi fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bunday yuzma-yuz o'yinlar doimo qiyin kechadi. Anchelotti jamoaga xotirjamlik bahsh etmoqda. Bu jamoa - bizning asosiy raqibimiz. Bu bir-biriga to'g'ridan-to'g'ri raqobatchilarning sovrin uchun kurashi bo'ladi”,-deydi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia