Masharipovning jamoadoshi muxlisini bag'riga bosgani uchun jazolandi
19 apr 00:36
Yangiliklar
Masharipovning jamoadoshi muxlisini bag'riga bosgani uchun jazolandi
Eron terma jamoasi va "Istiqlol" klubi darvozaboni Husayn Husayni o'z muxlisini bag'riga bosgani uchun bir o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
SHuningdek, Eron intizom qo'mitasi unga uch milliard rial (taxminan 7000 evro) miqdorida jarima soldi.
Mamlakatda bir necha haftadan beri cheklangan miqdordagi ayollarning futbol stadionlariga kirishiga ruxsat berilgani bois, "Istiqlol"ning "Alyuminiy" jamoasiga qarshi o'yinni kuzatish uchun stadionga yuzlab ayol muxlislar tashrif buyurgandi.
O'yin tugashiga biroz vaqt qolganida muxlislardan biri maydonga bostirib kirib, "Istiqlol" darvozaboni Husaynini quchoqlab oldi.
O'lkada, odatda, yaqin oila azosi bo'lmagan ayollarga tegish taqiqlanadi.
"Meni quchoqlab olganidan keyin nima qilishim kerak edi", dedi o'yindan keyin Husayni. U vaziyatdan keyin unga qo'pol munosabatda bo'lgan harbiylardan hayratda qolganini aytgan. Eron futboli tarixida birinchi marta ayol muxlis maydonga bostirib kirdi.
Eslatib o'tamiz, Husayni "Istiqlol" klubida o'zbekistonlik yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov bilan jamoadosh hisoblanadi.
Fikrlar