"Mashal"ga tegishli bo'lgan "Andijon" to'purari "Metallurg"da
08 jan 2020 13:19
Yangiliklar


"Mashal"ga tegishli bo'lgan "Andijon" to'purari "Metallurg"da
2019 yilgi Superligada "Andijon" jamoasi sharafini himoya qilgan SHahzod Ubaydullaev bu mavsum boshqa klubda o'ynashi deyarli aniq.
"Mashal" klubiga tegishli bo'lgan hujumchi "burgutlar" safida ijarada o'ynagan edi. Ayni paytda futbolchi Bekobodning "Metallurg" klubi yig'inida ishtirok etmoqda. Hozircha "Mashal" uni ijaraga berish yoki sotish borasida yakuniy qarorni qabul qilmagan. Lekin katta ehtimol bilan 2020 yilgi mavsumni Ubaydullaev "Metallurg"da boshlaydi.
Malumot uchun, SHahzod Ubaydullaev o'tgan mavsum Superligada 24ta o'yinda maydonga tushgan 9ta gol urib va 1ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar