“Mashal”da yangi murabbiylar ish boshladi
01 mar 2021 11:22
Yangiliklar
“Mashal”da yangi murabbiylar ish boshladi
Muborakliklar yangi mavsumga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini ham o'z qarorgohda olib bormoqda.
Yangi mavsumga “gazchilar”ni yana Dilyaver Vanievning o'zi tayyorlaydigan bo'ldi. Endi unga murabbiylar shtabida Muhiddin Ortiqov yaqindan ko'maklashadi. Muxlislar yaxshi bilishsa kerak, Ortiqov ilgari asosan Sergey Lushanga assisentlik qilib kelgan.
“Mashal” rahbariyati shuningdek U-21 jamoasiga ham yangi bosh murabbiy tayinladi. Aniqrog'i 2017 yili birinchi ligada “Mashal-2” jamoasini boshqarib, ijobiy natija ko'rsata olgan, 2018-2020 yillarda “Andijon”da yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Diyorbek Mirzaboev yana “Mashal” jamoasiga qaytdi. O'tgan mavsum yoshlar jamoasini boshqargan Doniyor Dosanov esa sport direktori sifatida klubning tashkiliy ishlari bilan shug'ullanmoqda.

Muhiddin Ortiqov (chapdan ikkinchi)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar