“Mashal”da Qo'ziboevdan boshqa gol uradigan futbolchi yo'qmi?
03 may 2014 13:00
Yangiliklar
“Mashal”da Qo'ziboevdan boshqa gol uradigan futbolchi yo'qmi?
Muborakning “Mashal” jamoasi bir yillik tanaffusdan so'ng yana oliy ligaga qaytdi.
Jamoa dastlabki olti tur yakunlariga ko'ra, 6 ochko jamg'arib, 9-o'rinda boryapti. “Mashal” bugun o'z maydonida “Olmaliq”ni qabul qiladi. Bungacha esa ikkita o'yinni uyda, to'rtta bahsni safarda o'tkazdi.
Qizig'i shundaki, “Mashal” safarda bo'lib o'tgan to'rtta uchrashuvning birortasida mag'lub bo'lmadi: uch durang va bir g'alaba. Lekin uydagi ikki bahsda yutqazib qo'ydi, buning ustiga to'p kirita olmasdan. “Mashal” hozircha ikkita gol urib, o'z darvozasidan to'rtta to'p o'tkazib yubordi. Mana shu ikkita gol ham birgina Zohir Qo'ziboev hisobiga yozildi. Kasbilik hujumchi safarda “So'g'diyona” va “Andijon” darvozasiga bittadan to'p kiritdi.
SHunday ekan, haqli savol tug'iladi: “Mashal”da Zohir Qo'ziboevdan boshqa gol ura oladigan hujumchi yo'qmi? Agar endi bir-ikkita tur o'tganida bu savolni o'rtaga tashlasak noo'rin bo'lardi, ammo oltita tur kam emas. Bu “Mashal” 540 daqiqa futbol o'ynadi deganidir. Va bunda bemalol besh-oltita gol ursa bo'ladi. Muborakliklar safida hujumchilar yo'q emas, bor. Masalan, Mo'ydin Mamazulunov, Bahodir Murtazoev, Ixtiyor Toshpo'latov, Eldor SHomurodov kabi hujumchilar bor, lekin negadir ularning omadi kelmayapti.
Mamazulunov shu hafta chiqqan “Futbol Ekspress” gazetasiga intervyu berib, to'p kirita olmayotganidan xafaligini aytibdi. Ehtimol, u yangi jamoasiga hali to'liq kirishib ketmagandir. Bahodir Murtazoev kam o'yin amaliyotiga ega bo'lyapti, u endigina ikkita uchrashuvda ishtirok etdi. Ixtiyor Toshpo'latov esa asosan qanotda to'p tepyapti. Eldor SHomurodovga keladigan bo'lsak, 1995 yilda tug'ilgan hujumchi yoshlar terma jamoasiga muntazam chaqirilmoqda, biroq “Mashal” ustozi Aleksandr Xomyakov uni ko'proq yoshlar ligasida maydonga tushiryapti.
SHularni hisobga olib aytadigan bo'lsak, hozircha hujumchilardan faqat Zohir Qo'ziboev ishonchni oqlamoqda. Qolgan hujumchilar bu yilgi chempionatdla qachon gol urishadi, bunisi hali nomalum. Lekin bundan “Mashal” unchalik xafa bo'lmasa ham bo'ladi, negaki taqqoslash uchun “Neftchi”dagi hujumchilardan hali hech kim gol urgani yo'q. Demak, “Neftchi” bilan solishtirganda “Mashal” biroz engil ahvolda.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar