So’nggi yangiliklar

19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  1 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

“Mashal” va SHohruh Dostonov o'zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishadigan bo'ldi Yangiliklar

“Mashal” va SHohruh Dostonov o'zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishadigan bo'ldi

“Mashal” futbolchisi SHohruh Dostonov PFLga shikoyat bilan murojaat qilgan edi.

“Mashal” jamoasi azosi Muborak klubida etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani va shu boisdan faoliyatini boshqa jamoada davom ettirish niyatida ekanini, biroq “Mashal” uning amaldagi shartnomasi borligi sababdan futbolchiga boshqa jamoaga ketishga ruxsat bermayotgani yuzasidan PFLga shikoyat bilan murojaat qilgan edi.

Futbolchilarning jamoadan jamoaga o'tishi va o'yinchilarning maqomini belgilash qo'mitasi mazkur holat yuzasidan atroflicha surishtiruv ishlari olib bordi. Har ikki tomon vaziyatga o'z qarashlarini bayon etishdi. O'tkazilgan yuzma-yuz uchrashuvda “Mashal” jamoasi vakillari, futbolchi hamda uning ota-onasi ishtirok etishdi. Yakunda har ikki tomon kelishgan holda o'rtadagi yil so'nggiga qadar mavjud bo'lgan shartnoma bekor qilinadigan va SHohruh Dostonovning boshqa jamoaga borib qo'shilishiga “Mashal” qarshilik qilmaydigan bo'ldi.

Mazkur masala bo'yicha tomonlar ancha vaqtdan buyon bir to'xtamga kela olmayotgan edi. PFL yakunda vaziyatni to'liq o'rganib chiqdi va har ikki tomonning kelishuviga erishildi. SHohruh Dostonov va uchrashuvga tashrif buyurgan uning ota-onasi ushbu kelishmovchilikning ijobiy hal bo'lganidan mamnunligini bildirishdi va O'FA hamda PFL rahbariyatiga o'z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.  



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика