"Mashal" tatilda
22 iyu 2014 19:59
Yangiliklar
"Mashal" tatilda
Kecha Oliy liganing birinchi davra so'nggi 13-tur uchrashuvini o'tkazgan "Mashal" uchun davra yakunlandi.
Endi jamoamiz o'n kunlik tatilga chiqdi. 2 iyul kuni Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tib 3 iyul kunidan boshlab mashg'ulotlarga kirishadi. Ikkinchi davraga tayyorgarlikni birinchi bosqichi Toshkent viloyatining tog'li hududida bo'lib o'tadi. 10 kunlik tog'dagi tayyorgarlikdan so'ng jamoaga ikki kun dam beriladi va qolgan mashg'ulotlar Yangierda davom etadi. Yangierdagi yig'in davomida to'rtta nazorat uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, "Mashal" birinchi davrani 19 ochko to'plagan holda beshinchi pog'onada yakunladi. Endi navbatdagi davra uchrashuvi 3 avgust kuni Muborakda "So'g'diyona" klubiga qarshi bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, "Mashal" birinchi davrani 19 ochko to'plagan holda beshinchi pog'onada yakunladi. Endi navbatdagi davra uchrashuvi 3 avgust kuni Muborakda "So'g'diyona" klubiga qarshi bo'lib o'tadi.
Fikrlar