So’nggi yangiliklar

02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  1 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  0 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  2 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  2 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  2 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  5 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  10 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  55

"Mashal": Tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi Yangiliklar

"Mashal": Tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi

Teglar :  MashalTanishtiruv
Kecha "Mashal" klubi matbuot anjumanlar zalida klubing yangi mavsum uchun taqdimoti bo'lib o'tdi.

Muxlislar bilan samimiy ruhda bo'lib o'tgan uchrashuvda yangi kelib qo'shilgan futbolchilar, rahbariyat ishtirok etdi. Taqdimot avvalida futbolchilar zalga taklif etildi va muxlislar tomonidan kutib olindi.

SHundan so'ng har bir futbolchi mavsum oldidan fikrlarini bildirib o'tdi va rahbariyat tomonidan futbolchilarga liboslari taqdim etildi.

Sardor Abduraimov: "Yoshlar ligasi tarkibidan asosiy tarkibga o'tdim. SHu klub azosi ekanligimdan faxrlanaman. Oliy ligada o'zimni ko'rsatish va jamoamizni yuksaklarga ko'tarmoqchimiz. Oliy liga bilan yoshlar ligasini farqi katta va men Oliy ligada ham etakchi bo'lishni istayman"

SHohjahon Qilichev: "Mashal" asosiy tarkibiga o'tdim va bu erdan muqim o'rin olish dastlabki maqsadimdir. Akademiyamiz murabbiylarini mehnati bilan shu darajaga ko'tarilmoqdamiz deb bemmalol ayta olaman"

Javohir Ilyosov: "Bu yilda asosiy tarkibda o'zimni ko'rsatmoqchiman. Tajribali futbolchilar bilan bir jamoada o'ynadim, mashg'ulotlar o'tkazdim. Pavel Sinelnikov, Sanjar Quvvatov, Botir Nosirovdan ko'p narsa o'rgandim va o'rganmoqdaman"

SHohruh Eshbo'taev: "Mashal" akademiyasida tahsil olganman va men uchun bu jamoa juda yaqin. "Mashal"dan boshqa klublarda ham faoliyat olib bordim. Mashg'ulotlar men uchun bu erda yaxshiroq o'tmoqda. SHu bois asosiy tarkib uchun harakat qilaman"

G'ulom Haydar Gulyamov: "Men avval ham bu jamoa sharafini himoya qilganman. Men uchun yangi jamoa bo'lmadi va shu bois kirishib ketishimda muammoga duch kelmadim. Xuddi uyimga qaytgandek bo'ldim. Jamoani yuqori o'rinlarda yurishi uchun hissa qo'shmoqchiman. Luka Modrichni o'yinlariga havas qilaman va shunga intilaman"

"Mashal"da "27" raqamni tanladim. Bunga sabab marhum ukam aynan shu kunda tavallud topgan edi"

Avaz Agaliev: "Ko'p yildan buyon shu klubdan chaqiruv bo'lib keldi. Uch yildan so'ng shu jamoadan o'ynash nasib etdi. Xudo xoxlasa qo'limdan kelgunicha jamoaning g'alabalariga yordam berishga tayyorman. Bu erda muhim meni qoniqtirdi. Ko'plab jamoalardan bunday sharoit yo'q. Faqat o'ynash va g'alaba qozonish kerak. "55" raqamida boshqa jamoalarda ham o'ynadim va "Mashal"da ham shu raqamni tanladim"

SHahboz Erkinov: "Mavsum oldidan juda yaxshi tayyorgarlik o'tkazdik. Hammasi reja asosida o'tdi. Murabbiylar hammani imkoniyatini bilib oldi deb o'ylayman. Ertaga muxlislarimizni xursand etish uchun o'ynaymiz. Men qanchadir gol uraman deb maqsad qilmayman. Foydali gol urish muhim. "Mashal" bitta oiladek ekan. Bu jamoani tanlashimga eng asosiy sabab boshqa jamoalarga o'xshab 10, 15 futbolchi o'zgarmaydi. Faqat yangi kelib qo'shilgan bir , ikki futbolchi qo'shib ketsa bo'lgani. Bu erga bir yil uchun emas ko'p yil qolishni maqsad qilganman. Buning uchun birinchi navbatda men ishonchni oqlashim kerak. Men uchun raqam ahamiyatsiz. Raqamsiz o'ynashga ruxsat bersa o'ynay ketaveraman."

SHundan so'ng futbolchilarga liboslari topshirildi.



Unga ko'ra ushbu yilda

Javohir Ilyosov - 35
Sardor Abduraimov - 6
SHohjahon Qilichev - 96
SHohruh Eshbo'taev - 12
G'ulom Haydar Gulyamov - 27
Avaz Agaliev - 55
SHahboz Erkinov - 20

raqamlarida harakat qiladigan bo'ldi.

Taqdimot so'nggida jamoa boshlig'i Dilyaver Vaniev va klub direktori Ilhom Qurbonov mavsum oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qishgi yig'inni maromida o'tkazdik. Asosiy o'yinchilarni saqlab qola oldik va shu bilan birga yoshlarimizni ham jalb etdi. Asosiy maqsadimiz u etakchimi, kuchlimi, kuchsizmi g'alaba uchun chiqishdir", - deydi Vaniev jamoa haqida.

"Kelayotgan "Navro'z" ayyomi bilan tabriklayman. Oilalaringizga faravonlik tilaymiz. "Mashal"da kim faoliyat olib borgan bo'lsa ularni hammasi bir maqsadda harakat qilgan. Yani terma jamoalarimizga sifatli futbolchini etishtirib berish. Ikkinchi maqsadimiz oliy ligada munosib o'rinni egallashdir. Ertaga muxlislarimiz bizni qo'llab-quvvatlashini so'rayman. Biz muxlislar uchun ishlaymiz va harakat qilamiz", - deya fikrlarini yakunladi klub bosh direktori Ilhom Qurbonov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика