"Mashal": "So'g'diyona"ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rilmoqda
09 okt 2017 14:42
Yangiliklar
"Mashal": "So'g'diyona"ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rilmoqda
"Mashal" jamoasi oliy liganing navbatdagi bahsini Muborakda "So'g'diyona" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
"Gazchilar" 6 oktyabrdan boshlab "So'g'diyona"jamoasiga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoa mashg'ulotlarni Bahrom Vafoev markaziy o'yingohida kuniga ikki mahaldan o'tkazmoqda. Ayni paytga kelib jamoa tarkibida barcha futbolchilar optimal holatdalar.
Eslatib o'tamiz, "Mashal" 24-tur bahsini 13 oktyabr kuni Muborakda Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
"Mashal"ning o'z qarorgohidagi mashg'ulotlaridan foto lavxalar
Fikrlar