So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  2 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Mashal – Qo'qon-1912 prevyu Yangiliklar

Mashal – Qo'qon-1912 prevyu

Teglar :  Qo'qon-1912Mashal
"Qo'qon-1912" chempionatining navbatdagi uchrashuvini Muborakda “Mashal” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Juma kuni bo'lib o'tadigan o'yinga doir statistik malumotlar bilan tanishing.


O'zaro o'yinlar

Ushbu jamoalar Oliy ligada 10 bora to'qnash kelishgan. “Mashal” oltita bahsda g'alaba qozongan. 2 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. “Qo'qon-1912” hisobida 2 ta g'alaba mavjud.  To'plar nisbati 18-9 muborakliklar foydasiga. “Mashal” o'zaro o'yinlarda 20 ochkoga ega bo'lgan, “Qo'qon-1912” da 8 ochko bor.

Muborakda o'tgan barcha uchrashuvlar:
26.06.2016 Mashal – Qo'qon-1912 2:0
25.04.2015 Mashal – Qo'qon-1912 3:0
20.09.2003 Mashal – Qo'qon-1912 3:2
02.11.2002 Mashal – Qo'qon-1912 2:0
15.04.1995 Mashal – Qo'qon-1912 2:0

Sobiq futbolchilar

Ushub mavsumni “Mashal”da o'tkazayotgan Abdullox Olimov o'tgan yili “Qo'qon-1912” klubida to'p surgandi. Juma kuni u sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O'z navbatida mavsum arafasida safimizga kelib qo'shilgan Jamshid Hasanov esa mavsum-2016da “Mashal” tarkibida harakat qilgan. Jamshid ham o'zining sobiq klubiga qarshi maydonga tushish imkoniyatiga ega.

Hakamlar

14 aprel kuni bo'lib o'tadigan “Mashal” – “Qo'qon-1912” uchrashuvi hakamlari malum bo'ldi. Juma kuni o'tkaziladigan bahsni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.

Oliy liga
6-tur

14 aprel (juma)
Mashal (Muborak) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
Hakamlar
: V. Agishev (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), A. Risqullaev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Haydarov.

Boshlanish vaqti

Mazkur o'yin 14 aprel kuni soat 17:30da boshlanadi. Bugun esa bu ikki jamoa o'rinbosarlari maydonga tushishadi. Uchrashuv soat 16:00da boshanadi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика