"Mashal" - "Obod" bahsining boshlanish vaqtlari ma'lum

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2016, 11:08
"Mashal" Oliy liganing navbatdagi turini o'z maydonida o'tkazadi. 10 iyun kuni Muborakda "Obod"ni qabul qilamiz.

Oliy liganing 11-turidan o'rin olgan mazkur bahsni boshlanish vaqtlari ma'lum bo'lgan. Unga ko'ra 9 iyun kuni har ikki jamoa yoshlari o'yini ikkinchi maydonda 18:30 da start oladi. Asosiy tarkib jamoalari o'yini esa 19:00 da markaziy maydonda boshlanadi. 

Avval xabar berib o'tganimizdek, bu o'yinni FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcmashal.uz