“Mashal” - “Navbahor”: Muborakda mezbonlar gol urishadimi?
06 iyu 2014 17:12
Yangiliklar
“Mashal” - “Navbahor”: Muborakda mezbonlar gol urishadimi?
Muborakda bo'ladigan “Mashal” va “Navbahor” o'rtasidagi bahs ham alohida ahamiyatga ega.
Bu ayniqsa mezbonlar uchun juda muhim. Albatta, “Mashal”ni g'alabadan boshqasi aslo qoniqtirmaydi, ammo uch ochkoni qo'lga kiritish uchun avvalo gol urish kerak bo'ladi. Bunday deyishimizning boisi “Mashal” hozircha uydagi bellashuvlarda to'p kirita olganicha yo'q.
Aleksandr Xomyakov shogirdlari uyda to'rt uchrashuvda maydonga tushib, shundan uchtasida mag'lub bo'lishdi va bir marta durang o'ynashdi. Jamoa “Bunyodkor”, “Paxtakor” va “Lokomotiv”dan engilgan bo'lsa, “Olmaliq” bilan bahsda hisob ochilmadi. “Mashal” rahbariyati va murabbiylar uydagi golsiz seriyani kuchli jamoalar raqib bo'lgani bilan izohlashdi, ammo bugungi raqib bizningcha unchalik jiddiy emas.
“Navbahor”ga keladigan bo'lsak, Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari safarda beshta o'yin o'tkazib, bir bor zafar quchishdi va to'rt marta mag'lub bo'lishdi. Bugungi bahs jamoaning safardagi ketma-ket uchinchi o'yini bo'ladi. Bungacha bo'lgan ikkita bellashuvda “Navbahor” mag'lubiyatga uchradi. “Mashal” o'z maydonida hali to'p kirita olmagan bo'lsa, “Navbahor” safarda 10ta gol o'tkazib yubordi va safardagi bahslarda gol o'tkazish bo'yicha “Dinamo” bilan bir xil ko'rsatkichga ega. Bundan ko'rinib turibdiki, “Navbahor” himoyasida qandaydir muammolar bor.
Turnir jadvalida har ikki jamoa yonma-yon o'rinlarda bormoqda. Ochkolar bir xil - 13tadan. Faqat to'plar nisbatiga ko'ra “Navbahor” ettinchi, “Mashal” esa sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.
X.Xoliqov.

Fikrlar