So’nggi yangiliklar

13:57Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланмоқда: Ўзбекистон кимлар билан тушади?  0 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   2 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  6 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  6 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2

"Mashal" keyingi turda Superliga yo'llanmasini naqd qilishi mumkin Yangiliklar

"Mashal" keyingi turda Superliga yo'llanmasini naqd qilishi mumkin

A PRO-ligada kuni kecha 25-tur bahslari bo'lib o'tdi.

Quyi ligada mavsum yakunlanishiga 3ta tur qoldi xolos. Ayni paytda Muborakning "Mashal" klubi katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda.

Bu mavsumda A PRO-ligada birinchi o'rinni olgan klub to'g'ridan-to'g'ri Superligaga chiqadi. Ikkinchi o'rinni band etgan klub esa Superligada 13-o'rinni egallagan klub bilan pley-off bahsida maydonga tushadi.

"Iftixor" klubi 24-turdan keyin A PRO-ligadan chetlatilgani bois ushbu klub ishtirokidagi oxirgi to'rtta bahsda texnik mag'lubiyat yoziladi va raqib klublarga 3 ochkodan qo'shib qo'yiladi. Kecha "Neftchi" o'ynamay turib 3 ochko oldi. Keyingi turlarda "SHerdor", "Mashal" va "Xorazm" ham texnik g'alabaga erishishadi.

"Iftixor" bilan texnik g'alabani qo'shganda ayni paytda Asror Aliqulov boshchiligidagi jamoa hisobidagi ochkolar soni 54tani tashkil etmoqda. Ikkinchi o'rinda "Istiqlol" va "SHo'rtan" hisobida bir xil 46tadan ochko bor.

31 oktyabrga belgilangan 26-turda "Mashal" birinchi o'rin masalasi va Superliga yo'llanmasini o'zi uchun ijobiy hal qilishi mumkin. Buning uchun G'uzorda "SHo'rtan" bilan durang o'ynalsa kifoya. Sababi ochkolar teng kelib qolgan taqdirda ham "Mashal" "Istiqlol" va "SHo'rtan"dan o'zaro o'yinlardagi natijalar bo'yicha ustun bo'ladi.

Umuman olganda A PRO-ligada oxirgi turlar ajoyib o'yinlarga boy bo'lishi aniq. Sababi 2 va 6-o'rindagi klublar o'rtasidagi ochkolar farqi atigi 4tani tashkil etadi. Ayni paytda 6-o'rindagi "Neftchi"da ham pley-offda o'ynash uchun imkoniyat saqlanib turibdi.


A PRO-liga-2019 so'nggi 3ta tur juftliklari:

26-tur — 31 oktyabr

Oq-tepa - Neftchi
Iftixor - SHerdor -:+
SHo'rtan - Mashal
Istiqlol - Xorazm


27-tur — 6 noyabr

Istiqlol - Oq-tepa
Xorazm - SHo'rtan
Mashal - Iftixor +:-
SHerdor - Neftchi


28-tur — 13 noyabr

Oq-tepa - SHerdor
Neftchi - Mashal
Iftixor - Xorazm -:+
SHo'rtan– Istiqlol


Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика