So’nggi yangiliklar

10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  3 10:24Мусиала операция қилинди  2 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  5 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1

"Mashal" ispaniyalik murabbiy boshchiligida mashg'ulotlarni boshladi. Tarkibda yangi futbolchilar bor Yangiliklar

"Mashal" ispaniyalik murabbiy boshchiligida mashg'ulotlarni boshladi. Tarkibda yangi futbolchilar bor

Muborakning "Mashal" jamoasi ispaniyalik murabbiy Serxio Marinangeli boshchiligida qishki o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.

Serxio Marinangeli  boshchiligida yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan «Mashal» jamoasi kecha Muborakda o'zining dastlabki mashg'ulotini o'tkazdi.

Jamoa tarkibida “Mashal” akademiyasi tarbiyalanuvchilari hamda  bir nechta mahalliy yosh futbolchilar ham ko'rikdan o'tishmoqda. Siroj Allaev, Rahmon Ochilov, Sardor Xursandov, Jasur Kurbonov, Muhammad Yo'ldoshev, Muhammadjon Sultonov, Feruz Mo'minov, Javohir SHodmonov, Muhriddin SHasmiddinovlar jamoa ko'rigida bo'lib turishibdi.  Selekciya ishlari bir muddat ham to'xtagani yo'q. SHu kunlarda tarkibga yana yangi legioner futbolchilar kelib qo'shilishi kutilmoqda.

Legioner  futbolchilar Ifiani Ifiani hamda Ibi Michel Okorolar jamoaga  20 yanvar kuni kelib qo'shilishadi.

Birinchi yig'inda qatnashayotgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing:

Rahimjon Davronov, SHohrux Eshbo'taev, Doston To'xtaboev, Asrbek Yo'ldoshev, Abbos SHodmonov, Abdumalik  Norqobilov, Samandar SHukurillaev, Najmiddin Normurodov, Muhammadali Aliqulov, Siroj Allaev, Rahmon Ochilov, Sardor Xursandov, Siroj Qo'ziev, Ahror Inoyatov, Jasur Qurbonov, Islom Isilbekov, Xusniddin Mahmudov, Doniyor Usmonov, Zoir Tursunov, Asadbek Jo'raqulov, Ibrohim No'monov, Muhammad Yo'ldoshev, Sardor Eminov,  Izzat Sultonov, Jahongir Abdusalomov, Muhammadjon Sultonov, Muhriddin SHasmiddinov, Feruz Mo'minov, Javohir SHodmonov, Sardor Abduraimov , Xumoyun Murtozaev.

Dastlab jamoaga ispaniyalik murabbiy Serxio Marinangeli tanishtirildi. Unga Zokirjon Xoliqov tarjimon va yordamchi murabbiy sifatida ko'maklashadi, Otabek Narzullaev ham murabbiylar shtabidan o'rin oldi.

Dilyaver Vaniev jamoa boshlig'i sifatida barcha natijalarga javob beradi.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика