“Mashal” ikki nafar legioner bilan shartnoma imzoladi
19 jan 2021 13:40
Yangiliklar


“Mashal” ikki nafar legioner bilan shartnoma imzoladi
Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan Muborakning “Mashal” jamoasi o'z tarkibni kuchaytirish maqsadida Nigeriya fuqarolari bo'lgan ikki futbolchini o'z safiga qo'shib oldi.
Nigeriyalik hujumchi Samuel Ononivu 1997 yil 10 fevralda Nigeriyaning Kano shahrida tavallud topgan. Samuel Nigeriya terma jamoasida va Mavrikiy davlatining Superliga klublari "Silvester" va "Bolton Siti" jamoalarida to'p tepgan. Mazkur futbolchi bilan "Mashal" jamoasi uch yillik bitimni imzoladi.
SHuningdek 1999 yil 12 sentyabrda Nigeriyaning Lagos shahrida tavallud topgan yarim himoyachi Ukeme Uilyams ham endilikda "Mashal" vakiliga aylandi. Uilyams Nigeriyaning "Bendel Inshurens", "El-Kanemi Varriors", "Vikki Turists" va "Akva Yunayted" jamoalarida to'p tepgan. 22 yoshli futbolchi “Gazchilar" bilan uch yillik sharntoma imzoladi.
Endilikda bu legionerlar “Mashal” sharafini himoya qilishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar