“Mashal-2”: Tayyorgarlik davom etadi
13 sen 2017 11:57
Yangiliklar


“Mashal-2”: Tayyorgarlik davom etadi
O'zbekiston birinchiligida qatnashayotgan “Mashal-2” jamoamiz 14-17 sentyabrda bir yo'la ikkita bahsda maydonga tushadi. Ayni paytda jamoamiz bahslarga tayyorgarlikni Muborakda davom ettirishmoqda. Tarkibda barcha futbolchilar mashg'ulotlarni ko'tarinki ruhda olib borishmoqda. Dastlab "Mashal-2" 14 sentyabr kuni "G'allaorol" jamoasini qabul qiladi. Oradan uch kun o'tgandan so'ng, aniqrog'i 17 sentyabr sanasida, Zomin shahri vakili "Zomin" jamoasi Muborakga tashrif buyuradi.
Eslatib o'tamiz, "Mashal-2" - "G'allaorol" o'yini 14 sentyabr kuni soat 17:00da bo'lib o'tadi.
Birinchi Liga, 25-tur
14 sentyabr kuni soat 17:00
Mashal-2 - G'allaorol
Hakamlar: I. Ibragimov (Nukus), D. Rahmonov (Guliston), R. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: G. Karimov (Toshkent).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar