So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  9 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Maruf Zokirjonov: “Superligada ham barqaror o'ynab ketishimga ishonaman” Yangiliklar

Maruf Zokirjonov: “Superligada ham barqaror o'ynab ketishimga ishonaman”

2014 yili “Qo'qon-1912” safida o'ynab, jamoani kuchlilar safiga chiqishida o'z xissasini qo'shgan Maruf Zokirjonov o'tgan mavsum ham pro-liga jamoasi bilan superligaga yo'l oldi.

Aniqrog'i Zokirjonov bu safar “Cementchi” tarkibida kichik oltin medallarni qo'lga kiritdi. CHap qanotning universal futbolchisi bo'lgan Maruf yakunlangan mavsumda “Cementchi” klubi talqiniga ko'ra, yilning “Eng yaxshi yarim himoyachisi” deya etirof etildi. SHu munosabat bilan yaqinda futbolchi bilan bog'lanib, ayrim savollar bilan murojaat qildik.

- Yakunlangan mavsum nimasi bilan esda qolarli bo'ldi? Ijobiy va salbiy jihatlarni aytib bersangiz.
- Poyoniga etgan yil unutulmas voqealarga boy bo'ldi. Sababi biz “Cementchi”ni oliy ligaga olib chiqdik. Rahbariyat tomonidan qo'yilgan vazifani alo darajada uddaladik. Bu albatta, klubning har bir azosini quvontirmasdan qolmaydi. Mavsum-2017da  ijobiy jihatlar ko'p bo'ldi. Xususan g'alaba qozongan o'yinlarimiz behad quvontirdi. Ayniqsa safarda “Andijon” ustidan qozongan yirik 4:0 hisobidagi g'alabimiz unutilmas bo'ldi. Boisi shu kuni biz asosiy principial raqibimiz ustidan muhim g'alabani qo'lga kiritdik.  Salbiy jihatlar deb esa kutilmaganda yo'qotgan ochkolarimiz bo'ldi.

- Adashmasam ikkinchi bor birinchi liga klubi bilan oliy ligaga chiqdingiz. Agarda bu yil xam yana birinchi liganing etakchi klubidan taklif bo'lsa qanday yo'l tutasiz?
- Ha to'g'ri takidlab o'tdingiz. Ilgari “Qo'qon-1912” jamoasi bilan ikkinchi o'rinni egallab, kuchlilar safiga chiqqandik. Bu safar “Cementchi”ni chempion qildik. Imkon qadar jamoa oldiga qo'yilgan vazifani bajarish uchun o'z xissamni qo'shishga xarakat qilganman. Bu yil super liga jamoasida o'ynashni istayman. Agarda buni iloji bo'lmasa, u xolda pro liganing etakchi klubidan taklif tushgudek bo'lsa, borib yordam berishga tayyorman. Asosiysi futbol o'ynayman. Sevimli kasbim bilan shug'ullanaman.

- “Cementchi”da oylik maosh va mukofot pullari ancha kam deyishadi. SHunga qaramay jamoa o'z oldiga qo'yilgan vazifani uddaladi. Bu qanday amalga oshdi?
- Quvasoy jamoasida bir mavsum o'ynab, shuni bildimki, u erda aldov degan narsa yo'q. To'g'ri, oylik maoshlar katta summada emas. Lekin juda kam ham deb bo'lmaydi. Muhimi o'z vaqtida ish haqqingizni olasiz. O'yindagi yutuq uchun aytilgan mukofot pullari ham zudlik bilan tarqatiladi. Hech kim birovning haqqiga hiyonat qilmaydi. Hozirgi kunda bu juda muhim. Aynan shu omillar ham kuchlilar safiga chiqishimizda muhim o'rin tutdi. Bundan tashqari yana shuni ham aytib o'tishni istardimki, bizda ahil bir oila yig'ilgan. Jamoa azolari soddaroq aytganda, yarimta gap bilan bir-birini juda yaxshi tushunadi. Ikkiga bo'linib qolish xolatlari sira uchramadi. Hamma bir bo'lib, maqsad sari kurashdi. Yoshlar kattalarni xurmatini joyiga qo'ygan bo'lsa, kattalar yoshlarni qo'llab-quvvatladi.  

-  Yaqinda o'tkazilgan “Cementchi”ning taqdirlash marosimida, jamoangiz talqiniga ko'ra, yilning eng yaxshi yarim himoyachisi deb topildingiz. SHaxsiy fikriz - o'zizi ko'rsatgan o'yiningizdan qanchalik qoniqish xosil qildingiz?
- Yilning “Eng yaxshi yarim himoyachisi” nominaciyasida g'olib deb topishgani uchun jamoamiz murabbiylari va yigitlarga rahmat aytaman. Albatta bu men uchun kutilmagan sovg'a bo'ldi. CHunki jamoada yaxshi saviyadagi futbolchilar jamlangan. Futbol bu – jamoaviy o'yin. SHaxsiy yutuqlar men uchun u qadar katta axamiyat kasb etmaydi. Lekin baribir birmuncha yoqimli bo'ldi. Asosiysi jamoamiz oldiga qo'yilgan vazifani bajardik. O'z o'yinimga keladigan bo'lsak, to'liq qoniqish xosil qildim deb ayta olmayman. Nazarimda futbolchi o'zidan yuz foiz qoniqsa, xarakatdan to'xtab qoladi. Yanada kuchliroq bo'lish uchun o'z ustimda ishlashda davom etaman.    

-  “Cementchi”ga ijara asosida o'tgandingiz. Xuquqiy jixatdan xozir ham “Qo'qon-1912” ga tegishli hisoblanasizmi?
- To'g'ri, o'tkan yili Quvasoyda ijara asosida o'ynaganman. Lekin 31 dekabr kuni qo'qonliklar bilan tuzgan bitimim o'z kuchini yo'qotdi. Hozirda erkin agent maqomidagi o'yinchiman. SHu fursatdan foydalanib, “Qo'qon-1912” jamoasining murabbiylar shtabi va rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. U erda uch yil o'ynadim. Yaxshi kunlarni o'tkazdim. Men uchun qadrli bo'lib qoladi hamisha. Jamoaning keyingi mavsumdagi ishlariga omad tilayman.  


- O'tkan mavsum jamoangiz tarkibida deyarli har bir bahsda xarakat qildingiz. Eng asosiysi etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ldingiz. Super ligada ham barqaror o'ynab ketishingizga qanchalik ishonasiz?
- Ha, “Cementchi” tarkibida faqat bitta o'yinda ishtirok etmadim. U ham bo'lsa qizil kartochka tufayli, diskvalifikaciya bo'lgandim. Qolgan bahslarning barchasida o'ynadim. Albatta super ligada ham o'ynab ketishimga ishonaman. Bu ko'proq murabbiyga ham bog'liq. Agarda murabbiy sizga ishonib, qo'llab-quvvatlasa bemalol o'ynab ketishingiz mumkin. Nafaqat men, balki hozirda jamoamiz ixtiyorida bo'lgan ayrim yigitlar ham o'ynab keta olishiga ishonaman.

- “Cementchi”dagi faoliyatingizni yana davom ettirish haqida bosh murabbiy yoki rahbariyat bilan gaplashib oldingizmi?
- Hozircha bu borada jiddiy tarzda gaplashilmadi. Lekin shuni ayta olamanki, “Cementchi”da qolib jamoaga super ligada ham yordam bermoqchiman. CHunki bu erda meni barcha narsa qoniqtirmoqda. Nasib qilsa yaqin orada yana shartnomalarni uzaytirish borasida hamma bilan yana boshqatdan gaplashib olinsa kerak.

- Yakunlangan mavsumda “Cementchi”ning “Eng yaxshi o'yinchisi” deb kimni ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Bu borada alohida bir o'yinchini ko'rsatishim noto'g'ri bo'lsa kerak. CHunki futbol bu jamoaviy o'yin. Yuqorida aytib o'tganimdek, bizda bir oila jamlangan. Maqsadga erishish uchun hamma bir bo'lib xarakat qildi.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика