Maruf Zokirjonov: “Bugun faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz”

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2016
“Qo'qon-1912” – “So'g'diyona” uchrashuvi oldidan qo'qonliklar yarim himoyachisi Maruf Zokirjonov o'z fikr mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

-  Bugun maydonga faqat g'alaba uchun tushamiz.  Buning uchun etarli tayyorgalik ko'rdik, deb o'ylayman. Bu albatta o'z natijasini berishiga ishonaman.  Jamoamizni  O'zbekistonning eng tajribali murabbiylaridan biri boshqarmoqda.  Uning ishonchini oqlashga harakat qilamiz. Bugun barchaning fikru-xayoli g'alaba qozonishga qaratilgan. Bizni har doim qo'llab-quvvatlab kelayotgan qo'qonlik futbol muxlislarni xursand qilishni maqsad qilganmiz, - deydi Zokirjonov.

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia