Maruan Fellayni: "Manchesterdan ketmoqchi emasman"
20 iyu 2014 17:04
Yangiliklar
Maruan Fellayni: "Manchesterdan ketmoqchi emasman"
"Manchester Yunayted" futbolchisi Maruan Fellayni manchesterliklar jamoasi safida qolish istagini borligini aytib o'tdi.
"Manchester"dagi o'tgan mavsumim haqida unutishni istayman. Lekin, men o'sha-o'sha o'yinchi bo'lib qolganman.
Men Manchesterga bir yil avval o'tgan edim. Bu vaqt ichida bir qancha voqealar bo'lib o'tdi. Yoqimsiz vaziyatlar, jarohat...
Jamoamiz o'ziga mos bo'lmagan o'rinni egalladi. Endilikda bizda yangi bosh murabbiy bor. Endi nima bo'larkin, ko'ramiz. "Manchester"dan ketishni istamayman. Bu erda baxtliman", - deydi Fellayni.
Avvalroq, MYU futbolchini 15 million evroga sotishga tayyorligini bildirgan edi.
Fikrlar