Martines: "Evropa Ligasidan chiqib ketsak - yoqimsiz hodisa bo'ladi"
21 fev 2014 13:50
Yangiliklar

Martines: "Evropa Ligasidan chiqib ketsak - yoqimsiz hodisa bo'ladi"
"Portu" hujumchisi Jekson Martines Evropa Ligasi 1/16 finali bosqichidagi "Ayntraxt"ga qarshi o'yindan keyin (2:2) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Agar Evropa Ligasidan chiqib ketsak, bu judayam yoqimsiz hodisa bo'ladi. Biroq hali ham bunday yakundan qutilib qolish uchun imkonimiz bor va buning uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.
Fikrimcha, Germaniyada "Ayntraxt"dan kuchliroq ekanimizni namoyish etishimiz kerak. "Portu" - o'yin favoriti ekanini takidlashning o'zi kamlik qiladi. Buni maydonda isbotlash lozim.
Javob o'yini bugungidan-da qiyinroq bo'ladi, deb o'ylayman. Birinchidan, raqib o'z maydonida o'ynaydi. Ikkinchidan, hammasini hal qiladigan o'yin bu. Biz unga yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz va to'g'ri taktika tanlay olishimiz kerak bo'ladi", dedi Jekson.

Fikrlar