So’nggi yangiliklar

12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  2 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  7 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  41 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  20 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  2 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  20

Mart oyining eng yaxshilari uchun ovoz bering Yangiliklar

Mart oyining eng yaxshilari uchun ovoz bering

PFL, SPORT TV va championat.asia sayti hamkorlikda Superligada mart oyining eng yaxshilarini aniqlashni boshladi.

PFL har oy yakunlariga ko'ra Superliganing eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi, darvozaboni hamda eng chiroyli golini aniqlaydi hamda ularga maxsus sovrin topshiradi. Bunda tashkilot O'zbekiston Superligasi va Kubogi bellashuvlarini translyaciya qilayotgan “Sport” telekanali hamda Pflmanager.uz dasturi bilan musobaqaga qiziqishni oshirayotgan Championat.asia nashri bilan hamkorlikda ish olib boradi.

Mart oyida Superliganing 4 ta turi bo'lib o'tdi. Ushbu o'yinlarda o'zini ko'rsatgan futbolchilar, murabbiylar va darvozabonlar tanlab olinadi. SHuningdek, jami 24ta o'yin orasidan eng sara 10ta gol tanlovga qo'yildi. G'oliblar 18 aprel kuni “Sport” telekanalidagi jonli efirda taqdirlanadi. SHu kuni O'zbekiston Kubogining 1/8 finaliga qura tashlash marosimi ham bo'lib o'tadi.

Eng yaxshi bo'lishga loyiq futbolchilar PFL tomonidan tanlab olinadi. Ularga Superliga klublari bosh murabbiylari hamda jamoalar sardorlari o'z ovozini beradi. SHuningdek, Championat.asia nashrida so'rovnoma o'tkazilib, unda muxlislar o'z ovozi bilan ishtirok etadi.

Murabbiy va futbolchilar saralab olingan nomzodlarni 3ta o'ringa joylashtirib chiqadi. 1-o'rin egasiga 3, keyingisiga 2 va 3-o'rinda ko'rsatilgan nomzodga 1 ochko beriladi.
Muxlislar tomonidan eng yaxshi deb topilgan nomzod 6 ochkoni qo'lga kiritadi, 2-o'rindagisi 4 va 3-o'rin sohibi 2 ochkoga ega chiqadi.

 

Mart oyining eng yaxshi murabbiyi uchun nomzodlar
Mirjalol Qosimov "Bunyodkor" 4ta o'yin, 3 g'alaba, 1 durang
SHota Arveladze "Paxtakor" 4ta o'yin, 3 g'alaba, 1 mag'lubiyat
Andrey SHipilov "Metallurg" 4ta o'yin, 1 g'alaba, 3 durang
Ilhom Mo'minjonov "Navbahor" 4ta o'yin, 2 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat


"Qaldirg'ochlar" Qosimov boshchiligida dastlabki 4ta turda umuman mag'lub bo'lishmadi. "Bunyodkor" o'z maydonida "Paxtakor" va "Buxoro"ni mag'lub etdi. Farg'onada "Neftchi" taslim etildi. Yana bir uchrashuvda AGMK bilan durang qayd etildi. "Bunyodkor" mart oyida Superligada eng ko'p 10 ochko to'plashga muvaffaq bo'ldi.

Bahor faslining ilk oyida "Paxtakor" klubi 9 ochko jamg'ardi. Jamoa o'z uyida "So'g'diyona", AGMK va "Neftchi" ustidan g'alabalarga erishdi. Faqat peshqadam "Bunyodkor" bilan uchrashuvda imkoniyat boy berildi. Mart oyida eng ko'p golni aynan SHota Arveladze boshchiligidagi "Paxtakor" urdi.

"Metallurg" mart oyida Superligada mag'lub bo'lmagan uch klubdan biri bo'ldi. Andrey SHipilov bosh murabbiylikdagi debyut mavsumini yaxshi boshladi. "Metallurg" dastlabki 4ta turda o'z maydonida "Navbahor" bilan durang o'ynadi va "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi. Safarda chempion "Lokomotiv" va vice-chempion "Nasaf" bilan durang qayd etishga muvaffaq bo'ldi.

Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi "Navbahor" ham mavsumni ajoyib boshladi. Dastlabki ikki turni safarda o'tkazgan "lochinlar" "Metallurg" bilan durang o'ynadi va AGMKni mag'lub etdi. O'z maydonida 25300 tomoshabin qarshisida mamlakat chempioni va kubogi sohibi "Lokomotiv" klubini taslim qildi. Faqat vodiy derbisida "Qo'qon-1912"ga imkoniyat boy berildi.


MURABBIY


Mart oyining eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar
Elguja Grigalashvili "Qizilqum" 4ta o'yin 3ta gol
Bobir Abdixoliqov "Nasaf" 4ta o'yin 2ta gol
Jasur Hasanov "Nasaf" 4ta o'yin, 3ta pas
Xurshid G'iyosov "Bunyodkor" 3ta o'yin 2ta gol, 1ta pas
Suhrob Nurulloev "Metallurg" 4ta o'yin, 2ta gol, 1 pas
Azizbek Turg'unboev "Navbahor" 4ta o'yin, 2ta gol, 1 pas
Jaloliddin Masharipov "Paxtakor" 4ta o'yin, 1ta gol, 1 pas


"Qizilqum"ning gruziyalik hujumchisi Elguja Grigalashvili Superliga tarixida xet-trik qayd etgan birinchi futbolchi bo'ldi. U "So'g'diyona" bilan safardagi bahsda 3 bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. Mart oyidagi 4ta turda eng ko'p golni aynan Grigalashvili urdi.

U-23 Osiyo chempionatida chempion bo'lib qaytgan Bobir Abdixoliqov "Nasaf" safida to'purarlik mahoratini namoyish etmoqda. Hujumchi "Buxoro" va "Qizilqum" bilan uchrashuvlarda raqib darvozasiga gol urdi. Bu orqali jamoasi g'alabalariga xissa qo'shdi.

"Nasaf"ning yana bir yarim himoyachisi Jasur Hasanov esa ikkinchi yoshligini boshdan kechirmoqda. Tajribali futbolchi mart oyidagi 4ta uchrashuvning barchasida maydonga tushib jami 3ta golli pas berdi. Hasanov o'tgan oyda 3ta samarali to'p uzatishni amalga oshirgan Superligadagi yagona futbolchi bo'ldi.

"Bunyodkor"ni bir qator etakchilar tark etgach asosan zaxirada o'tirgan Xurshid G'iyosov bu mavsum klub etakchisiga aylanmoqda. Futbolchi "Neftchi" bilan safardagi bahsda o'yin taqdirini hal qilgan golni urdi. Ushbu gol jamoaga g'alaba keltirdi. "Buxoro" bilan bahsda G'iyosov gol urishdan tashqari Rayevacga golli pas ham berdi. G'iyosov mart oyida 3tagina o'yinda ishtirok etgani ham etiborga molik.

Yana bir Osiyo chempioni Suhrob Nurulloev "Metallurg" safida ishonchli o'yin namoyish etmoqda. "Lokomotiv" bilan bahsda yarim himoyachining to'p uzatishidan so'ng uning sherigi gol urdi. Nurulloev "Qo'qon-1912" bilan uchrashuvda yagona golni urdi. "Nasaf" bilan uchrashuvda ham Nurulloev raqib darvozasini ishg'ol qildi va bu "Metallurg"ga ochko keltirdi.

"Navbahor" yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboev mart oyida "Navbahor" bilan bahsda ajoyib tarzda jarima to'pidan gol urdi. O'yin so'nggida uning to'p uzatishidan keyin sherigi gol urib jamoasiga g'alaba keltirdi. "Lokomotiv" bilan bahsda ham Turg'unboev penaltidan gol urishga erishdi.

Jaloliddin Masharipov "Paxtakor"ga qaytgach yaxshi saviyada o'ynamoqda. Yarim himoyachi "Neftchi" bilan bahsda gol urdi va sherigiga golli pas berdi. Qolgan o'yinlarda ham Masharipov jamoasining g'alabalariga xissa qo'shib keldi.


FUTBOLCHI


Mart oyining eng yaxshi darvozaboni uchun nomzodlar
Murodjon Zuhurov "Bunyodkor" 2ta o'yin, 2ta quruq o'yin, -0 gol, 8 seyv
Zafar Safoev "Metallurg" 4ta o'yin, 2ta quruq o'yin, -2 gol, 6 seyv
O'tkir Yusupov "Qo'qon-1912" 4ta o'yin, 2ta quruq o'yin, -2 gol, 7 seyv
Botirali Ergashev "Navbahor" 4ta o'yin, 2ta quruq o'yin, -2 gol, 9 seyv
Eldorbek Suyunov "Paxtakor" 4ta o'yin, 2ta quruq o'yin, -2 gol, 8 seyv


"Bunyodkor" darvozaboni Murodjon Zuhurov mart oyida ikkita uchrashuvda maydonga tushdi va o'z darvozasidan bironta gol o'tkazmadi. Zuhurov "Paxtakor" bilan o'yin so'nggida raqib futbolchisi tomonidan amalga oshirilgan penaltini qaytarib jamoasi g'alaba qozonishini taminlab berdi. Posbon mana shu ikki uchrashuvda 8 marta seyv qildi.

"Metallurg" posboni Zafar Safoev ham martda yaxshi o'ynadi. U 4ta uchrashuvda maydonga tushib "Navbahor" hamda "Qo'qon-1912" bilan uchrashuvlarda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Safoev 4ta bahsda 6 marta seyv qildi.

"Qo'qon-1912" darvozaboni O'tkir Yusupov o'tgan oyda to'rt uchrashuvda 2ta gol o'tkazib yubordi va 2 o'yinni quruq o'tkazdi. "Qizilqum" va "Navbahor" bilan bahslarda raqiblar Yusupov darvozasiga yo'l topa olishmadi. Mart oyida posbon 7 marta o'z jamoasini goldan qutqardi.

Osiyo chempioni Botirali Ergashev "Navbahor"da ijarada o'ynamoqda. Posbon 4ta uchrashuvda 2ta quruq o'ynadi. U "Metallurg" va "Lokomotiv" bilan o'yinlarda gol o'tkazmadi. Mart oyida Ergashev 9ta seyv qildi va ikkita gol o'tkazdi xolos.

"Paxtakor" darvozaboni Eldorbek Suyunov Superliganing dastlabki 4ta uchrashuvida o'z darvozasidan ikki bor gol o'tkazdi xolos. "So'g'diyona" va "Neftchi" bilan bahslarda raqiblar Suyunov darvozasiga yo'l topa olmadi.

DARVOZABON


Mart oyining eng chiroyli goli uchun nomzodlar
1.Ikrom Aliboev
2.Azizbek Turg'unboev
3.Sanat SHixov
4.Andrey Sidorov
5.Elguja Grigalashvili
6.Azizjon G'aniev
7.Suhrob Nurulloev
8.Javlon Ibrohimov
9.Filip Rayevac
10.Jaloliddin Masharipov

Dastlab quyidagi videoda gollarni tomosha qiling va uning tagidagi so'rovnomada eng chiroyli golga ovoz bering.

TAS-IX Emas




Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика